Geodeziya va kartografiya
Kafedra mudiri: Suyunov Abdusali Samatovich
Qabul kunlari: Har kuni 14-00 dan 16-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)
Telefon: (97) 910-33-03
E-mail: suyunov_s@rambler.ru
Kafedraning rivojlanish tarixi
Kafedra 1967 yil umumiy muxandislik fanlari kafedrasidan ajralib chiqdi va unga «Muxandislik geodeziyasi» nomi berildi. Uning tarkibida marhum T.Qo`ziboev, Q.Bo`riev va O.Trofimovalar bor edi. So`ngra O`zGIPROZEM dan N.Nishonboev (1968), SamDU dan F.Narzullaev (1968) lar kafedra professor – o`qituvchilari safiga qo’shildilar. Kafedra professor–o`qituvchilari safi kundan–kunga kengaya bordi. SamDU dan Sh.Abraev (1970), M.Qo`ziboev (1975), B.Omonov (1991), TashPI dan N.Murodullaev (1972), S.Toshpo`latov (1973), mahrum O.Haydarov (1973), T.Safarov (1975), Sh.Bekirov (1978), A.Suyunov (1981), Sh.Avchiev (1984), M.Xudayqulov (1984), TIMI dan Sh.Davlatov (1971), D.O.Jo`raqulov (1981), H.Alimova (1979) SamDAQI dan M.Mukoseeva (1984), S.Jalilov (1980), E.Isakov (1987), M.S.Burxonov (2004), 1997 yildan A.Ahungonov, A.Salaxiddinov (1999), T.Qosimov, G`.Artikov va Sh.Tuxtamishevlar 2000 yildan, 2008 yildan S.Djavadov va I.Omonovlar professor–o`qituvchilari safiga kirdilar. Kafedraga 1996–yilning noyabr oyidan „Geodeziya va yer kadastri” kafedrasi nomi berildi.
Kafedra a’zolaridan Sh.Davlatov (1978), N.Murodullaev (1979), S.Toshpo`latov (1980), O.Haydarov (1984), N.Nishonboev (1985), A.Suyunov (1988), D.Jo`raqulov (1990), Sh.Avchiev (1990), B.Omonov (1991), S.Jalilov (1992), E.Isakov (1993) nomzodlik dissertatsiyalarini, A.Suyunov (1995) doktorlik dissertasiyasini himoya qildilar.Sh.A Suyunov (2018) doktorlik (PhD) disirtatsiyasini himoya qildi.A.Suyunov yaratgan ixtirosi uchun patent, D.Jo`raqulov va B.Omonov mualliflik guvohnomalariga ega bo’lishdilar.
Kafedraga 2000 yildan „Geodeziya” kafedrasi nomi berildi. Ushbu yillarda kafedraga yangi professor – o`qituvchilar t.f.n. T.Qosimov va t.f.n. G`.Artikovlar qo`shildilar.Kafedra a’zolaridan M.S.Burxonov (2004), A.A.Salaxiddinov (2004), aspiranti T.M.Abdullaev (2005), lar nomzodlik dissertasiyalarini himoya qildilar.2018-yil kafedra katta o'qituvchisi Sh.A Suyunov doktorlik (PhD) disirtatsiyasini himoya qildi.
O`tgan vaqt mobaynida kafedra mudirligini bajarganlar:
T.Q.Qo`ziboev (1967–69);
Q.Bo`riev, N.Nishonboev (1969–75);
M.Qo`ziboev (1975–79);
Sh.Davlatov (1979–85);
S.Toshpo`latov (1985–88);
N.Murodullaev (1988–92);
Sh.Davlatov (1992–95);
A.S.Suyunov (1996–2002);
E.X.Isakov (2002–2008);
G`.A.Artikov (2008–2010);
D.O.Jo`raqulov (2010-2018);
2018-yildan boshlab t.f.d., prof. A.S Suyunov bajarmoqda.
Kafedrada 32 nafar professor–o`qituvchi va 4 nafar yordamchi xodimlar faoliyat ko`rsatishmoqda. Shulardan: 1 nafari fan doktori, professor; 4 nafari fan nomzodlari, dotsentlar; 2 nafari fan nomzodlari, katta o`qituvchilar, 8 nafari katta o`qituvchilar, shundan 3 nafari ishlab chiqarish korxonalaridan; 17 nafari assistentlardir. Kafedra professor–o`qituvchilarining 1 ta darslik, 10 dan ortiq o’quv qo’llanmalari, 300 dan ortiq ilmiy maqolalari va tezislari, 150 dan ortiq uslubiy qo`llanmalari chop etilgan. Kafedra sobiq professori T.Qo`ziboevning (1972–75) „Texnikaviy nivelirlash” va „Geodeziya” darsliklari, professor A.S.Suyunovning (1995–97) „O`rta Osiyo sharoitida refraksiyani hisobga olish” va „Markaziy Osiyo sharoitida bajariladigan geodezik ishlariga tashqi muhit muommolari” mavzusidagi monografiyalari chop etilgan,2018-yil A.S Suyunov va Sh.A Suyunovlar "O'zbekiston Respublikasi sharoitida Geodizik o'lchash natijalari aniqligi" mavzusidagi monografiyasi chop etildi.
Hozirgi kunda kafedra a’zolari quyidagi ikki innovasion mavzular ustida ish olib bormoqdalar:
-Geodezik, kartografik, topografik, asbobshunoslik ishlarini takomillashtirish;
-Arxitektura yodgorliklari va ko`chmas mulklarning geometrik holatini geodezik usullar yordamida aniqlash va kadastr planlarini tuzish.
Kafedra haqida qo'shimcha malumotlar....