“AHOLINI VA HUDUDLARNI FAVQULODDA VAZIYATLARDAN MUHOFAZA QILISH OYLIGI” DOIRASIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI BO‘LIB O‘TDI
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida kuz-qish mavsumida favqulodda vaziyatlar profilaktikasini tashkil qilish hamda 2020 yilning 25 noyabrdan 25 dekabrgacha “Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish oyligi” munosabati bilan institut professor-o‘qituvchilari hamda talabalari uchun ma’ruzalar tashkil etildi.
Tadbirda institut moliya va iqtisodiyot ishlari bo‘yicha prorektori A.Rajabov, Samarqand viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Hududlarni muhandislik muhofaza qilish va obyektlarni barqaror faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Q.Karimov, Radiatsion, kimyoviy, biologik (biobaktiriyalogik) muhofaza qilish bo‘linma boshlig‘i M.Sohibnazarov, Samarqand shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 4 yong‘in qutqaruv qismi smena boshlig‘i H.Axrorov va O‘zbekiston Qizil Yarim oy jamiyati Samarqand viloyat tashkiloti deriktor o‘rinbosari X.Xolov, institut fuqaro muxofazasi mutaxassisi S.Ro‘ziyev, mehnatni muhofaza qilish muhandisi R.Tagayeva, Xo‘jalik bo‘limi boshlig‘i Sh.Burxonova, SamDAQI “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi o‘qituvchilari Q.Ataboyev, A.Rayimqulov, M.Kamolova Z.Yasakov institutning bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdilar.
Mutaxassislar tomonidan tadbir davomida is gazi va uning ayanchli voqealari, qo‘lbola isitish vositalaridan foydalanib e’tiborsizlik natijasida yuzaga kelayotgan noxush holatlarni oldini olish haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumotlar, ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek institut hovlisida FFV tezkor guruhlarning jangovar holatdagi ish qurollari namoyishi etildi. Talabalarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar nazariy hamda amaliy mashg‘ulotlar bilan javob berdilar.
SamDAQI Axborot xizmati