FAVVORALAR SAYLI

1 may kuni Samarqandda favvoralar sayli keng nishonlandi. Samarqand shahridagi Ko‘ksaroy, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov va Ruhobod maydoni, Registon va Dahbed ko‘chalarining chorrahasi, shoirlar bog‘i, Universitet hiyoboni, Temir yo‘l vokzali, viloyat drama teatri maydonlarida favvoralar sayli o‘tkazildi.Unda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti jamoasi ham faol ishtirok etib yoshlar tomonidan kuy-qo‘shiqlar kuylandi.