“Evropaning Erazmus plyus ta’lim dasturi va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari” mavzusidagi seminar bo'lib o'tdi

Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda institutdagi xorijiy grant loyihalarining koordinatorlari (A.N.Gadaev, A.Madatov) hamkorligida “Evropaning Erazmus plyus ta’lim dasturi va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari” mavzusidagi seminar

     2015 yil 17 dekabr  kuni soat 14-00 da institut kichik majlislar zalida Xalqaro aloqalar bo‘limi hamda institutdagi xorijiy grant loyihalarining koordinatorlari (A.N.Gadaev, A.Madatov) hamkorligida “Evropaning Erazmus plyus ta’lim dasturi va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. Seminarni institut xalaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i institutning hozirdagi xalqaro faoliyati va institut ilmiy-pedagogik jamoasining xorijiy grant dasturlardagi ishtiroki to‘g‘risidagi o‘z ma’ruzasi bilan boshladi. So‘ng institut prorektori TEMPUS – UZVOTER (TEMPUS-UZWATER)xorijiy grant dasturi milliy koordinatori A.N.Gadaev Evropaning Erazmus plyus ta’lim dasturi va xorijiy grant loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari bo‘yicha ma’ruza qildi. A.N.Gadaev o‘z ma’ruzasida grant loyihalarni yozishda nimalarga e’tibor qaratish muhimligi to‘g‘risida atroflicha tushuncha berib o‘tdi. Shuningdek seminarda “Avtomobil yo‘llari, zamin va poydevorlar” kafedrasi dotsenti A.Madatov so‘zga chiqib, kafedrada bajarilayotgan TEMPUS-XAYVIK (TEMPUS-HIGHVEC) xorijiy grant dasturi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma’ruza qildi. Seminar ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan  javob va qo’shimcha ma’lumotlar olishdi. Seminar so‘ngida institut ilmiy ishlari bo‘yicha prorektori E.X.Isakov so‘zga chiqib, mazkur seminar ishtirokchilarga xorijiy grant dasturlarida faol ishtirok etishda amaliy yordam berishini va barcha kafedralarda xorijiy grant tanlovlarida ishtirok etishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tegishli ishlar amalga oshirilishi kerakligini alohida ta’kidladi.

Erasmus Plus grant dasturi bo’yicha barcha ma’lumotlarni
erasmusplus.uz  saytidan ko’rishingiz mumkin.