ENG KUCHLI KOMPYUTER SAVODXONLIGI KO‘RIK TANLOVI BO‘LIB O‘TDI

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 27 apreldagi #87-01-137-sonli modemogrammasiga muvofiq “Institutda talabalar turar joylarida ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlar rejasi”ning 10-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutining 4-sonli talabalar turar joyida “Axborot texnologiyalari” kafedrasi tomonidan “Eng kuchli kompyuter savodxonligi” mavzusi ostida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Talabalar 3ta jamoaga bo‘linib quyidagi shartlar asosida bellashdilar:

  1. Tezkor savol-javob;
  2. Bo‘sh o‘tirma boshqotir;
  3. Tezkor matn terish;
  4. Krossvord;
  5. Kompyuter qurilmalarini nomini topish (ichki va tashqi).

Bellashuv juda qiziqarli o‘tdi. Bellashuvda 3-guruh talabalardan tashkil topgan jamoa g‘alaba qozonib tanlov g‘olibi bo‘ldilar. Shundan so‘ng kafedra o‘qituvchilari X.Hikmatov va S.Islamov, 4-sonli yotoqxona tarbiyachisi X.Imomov va N.Shayzakovalar o‘z fikrlarini bildirib shu kabi tadbirlarni talabalar turar joylarida ko‘plab tashkil etish kerakligini alohida ta’kidladilar. Ishtirok etgan jamolar diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlanib, tashkilotchilar tomonidan esdalik uchun kitoblar topshirildi.