YAponiyaning "Matsumae International" grant fondi haqida

YAponiyaning "Matsumae International" grant fondi haqida
"Matsumae International" grant fondi dasturiga ko‘ra 2018 yil aprel oyidan boshlab 2019 yil mart oyiga qadar YAponiyaning  oliy ta’lim muassasalarida ilmiy texnik va tibbiyot sohalarida ilmiy-tadqiqot o‘tash  uchun hujjatlar qabul kilish tashkil etildi.
"Matsumae International" grant fondini qo‘lga kiritish uchun, tashkil etilgan tanlovga O‘zbekiston Respublikasining oliy ta’lim muassasalarining va ilmiy-tadqiqot markazlarining vakillari qatnashishlari mumkin.  Tanlovga qatnashish istagini bildirgan nomzodlar 49 yoshdan oshmagan, ilmiy fan nomzodi (Ph.D) bo‘lgan va ingliz yoki yapon tillarida mukammal muloqot qila olishlari lozim.
Tanlov g‘oliblarining xalqaro aviauchish, tibbiy sug‘urta uchun harajatlari to‘liq qoplanadi  va shuningdek, xar oy 220 ming yen (o‘rtacha xisobda 2000 AQSH doll.) stipendiya ajratiladi.
"Matsumae International" grant fondi tanlovida qatnashishga oid bo‘lgan to‘liq ma’lumotlarni: http:/www.mars.dti.ne.jp/mif/  sayti orqali olishingiz mumkin.
Tanlovga qatnashish istagini bildirgan nomzodlar 2017 yil 15 - aprelgacha institut xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishlarini so‘raymiz.
Institut xalqaro aloqalar
bo‘limi telefoni:+99 866 237 05 32
                      +99 890 657 43 86