O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ilmiy tadqiqotlar uchun grant hamda stipendiyalar tanlovini e’lon qiladi
Tanlov anketa grant uchun
Tanlov anketa stipendiya uchun
Mazkur tanlovdan ko‘zlangan maqsad respublikamiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning o‘rnini yanada mustahkamlash, sohada faoliyat yuritayotgan katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, talaba yoshlarning ilmiy faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdir.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ilmiy tadqiqotlar uchun stipendiyasi 2018-2019 o‘quv yili davomida magistratura va bakalavriat talabalarini rag‘batlantirish maqsadida belgilanadi.
G‘olibga beriladigan stipendiya miqdori eng kam oylik ish haqining 10 (o‘n) barobari miqdorida belgilanadi. Bunda necha nafar talabaga stipendiya tayinlash tanlov komissiyasi tomonidan belgilanadi.
Talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ta’lim muassasasining ma’lumotnomasi;
- talabgor olib borayotgan tadqiqotning (magistrlik dissertatsiyasi yoki diplom ishi) annotatsiyasi;
Agar talaba tanlovda ijtimoiy loyiha asosida qatnashayotgan bo‘lsa, unda belgilangan mavzudagi ijtimoiy loyihaning batafsil matni taqdim etiladi (bunda loyiha maqsadi, uning ijtimoiy ahamiyati va amaliy natijalarga yo‘naltirilganligi hamda loyihani amalga oshirish mexanizmlari aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi lozim);
- tadqiqot olib borilayotgan muassasaning (kafedra, ilmiy-tadqiqot markazi) tavsiyanomasi (ijtimoiy loyiha uchun ilmiy rahbar taqrizi);
- talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
Kasaba uyushmalari Federatsiyasining ilmiy tadqiqotlar uchun granti katta ilmiy xodim-izlanuvchi va mustaqil izlanuvchilarni rag‘batlantirish maqsadida belgilanadi.
Grant fondi taqdim etilgan loyihaning asoslanganlik darajasiga muvofiq eng kam oylik ish haqining 75 (etmish besh) barobarigacha miqdorda belgilanadi. Bunda grantning miqdori tanlov komissiyasi tomonidan afzallik berilgan g‘oliblar soniga nisbatan taqsimlash orqali belgilanadi.
Talabgorlar tomonidan quyidagi hujjatlar taqdim etiladi:
- ta’lim muassasasining ma’lumotnomasi;
- tadqiqot olib borilayotgan muassasaning (kafedra, ilmiy-tadqiqot markazi) tavsiyanomasi;
- talabgor olib borayotgan tadqiqotning annotatsiyasi;
- katta ilmiy xodim-izlanuvchi yoki mustaqil izlanuvchiligini tasdiqlovchi hujjatlar;
- talabgorning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlar.
Tanlovga hujjatlar joriy yilning 15 noyabr sanasiga qadar institut xodimlar va talabalar boshlangich kasaba uyushmasi qo‘mitasida qabul qilinadi.
Tanlov nizomi va anketa ilova qilinmoqda.