E’LON!
2019 yil 24 dekabr kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida “Qurilish konstruksiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazilishi mo‘ljallanmoqda.
Seminarda quyidagi ma’ruzalar eshitilishi rejalashtirilmoqda:
“Metal konstruksiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish;
“Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish;
“Yog‘och va plastmassa konstruksiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish;
“Qurilish konstruksiyalari” fanini o‘qitishni takomillashtirish;
Qurilish konstruksiyalari (metal, temirbeton va yog‘och) fanlarini o‘qitishda zamonaviy kompyuter dasturlaridan foydalanish;
Qurilish konstruksiyalari (metal, temirbeton va yog‘och) fanlarini o‘qitishda labaratoriya ishlarining o‘rni;
Qurilish konstruksiyalari (metal, temirbeton va yog‘och) fanlarini o‘qitishda kurs loyihasining o‘rni.
Seminar ishiga ishtirok etishingizni va ma’ruza qilmoqchi bo‘lsangiz ma’ruza mavzusini yuborishingizni kutib qolamiz!
Yuqorida keltirilgan mavzular bo‘yicha quyidagi masalalar ko‘riladi:
“Qurilish konstruksiyalari” fanining o‘quv rejasidagi o‘rni va fanlarni o‘qitish ketma-ketligini (qurilish konstruksiyalari fanlari ixtisoslik fanlari sifatida mexanika, bino-inshootlar va bino-inshootlarni tiklash texnologiyasi fanlaridan keyin o‘qitilishi) ta’minlash;
O‘quv rejasida “Metal konstruksiyalari”, “Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari” va “Yog‘och va plastmassa konstruksiyalari” fanlariga ajratiladigan o‘quv soatlarining taqsimlanishi;
“Metal konstruksiyalari”, “Temirbeton va tosh-g‘isht konstruksiyalari” va “Yog‘och va plastmassa konstruksiyalari” fanlari o‘quv dasturlari sifati.
Murojaat uchun:
Manzil: Samarqand shahar, Lolazor ko‘chasi 70
Tel: (866) 237-34-79; 237-11-82
Telegram raqami: (93) 726-55-50