E'lon

Samarqand arxitektura-qurilish texnikumi 2020/2021-o‘quv yilida quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha 11-sinf bitiruvchilari hamda texnikumda ta'lim olish istagini bildirgan fuqarolarni o‘qishga taklif etadi:
• Arxitektura;
• Suv va kanalizatsiya tizimlarini montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash;
• Gaz tarmoqlarini montaj qilish, foydalanish va ta’mirlash;
• Ekologiya va atrof muhitni himoya qilish;
• Energetika;
• Ko‘chmas mulkni ro‘yxatga olish, turar joy va jamoat binolaridan foydalanish;
• Uy-joy xo‘jaligini boshqarish;
• Bino va inshoatlar qurilishi;
• Kompyuter injiniring;
• Tikuvchilik;
• Radiomexanika.
Ta’lim berish 2 yildan kam bo‘lmagan muddatda kunduzgi, kechgi va sirtqi ta’lim shaklida davlat buyurtmasi hamda to‘lov kontrakt asosida amalga oshiriladi.❗️Texnikumni tugatgan kunduzgi ta’lim dasturlari bitiruvchilari o‘z yo‘nalishi bo‘yicha oliy ta’limning 2-bosqichidan suhbat asosida to‘lov-kontrakt bilan o‘qishini davom ettirishi mumkin.
‼️Texnikumga o‘qishga kirish uchun www.texnikum.edu.uz elektron platformasi orqali quyidagi hujjatlar taqdim etilishi lozim:
1. Elektron ariza;
2. Umumta’lim maktabining 11-sinfni tugatganligini tasdiqlovchi attestat (elektron) nusxasi yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim muassasasini tamomlaganligi to‘g‘risidagi diplom (elektron) nusxasi;
3. 3x4 fotosurat.
Respublikaning barcha hududlaridan o‘quvchilar va chet el fuqarolari qabul qilinadi.
❗️Qabul 2020 yil 25 avgustdan 25 sentyabrgacha davom etadi.
Manzil: Samarqand viloyati, Samarqand shahri, G‘afur Karimov ko‘chasi 7-uy
Murojaat uchun telefonlar:
+998(66) 222 31 04;
+998(66) 222 05 56;
+998(91)520 01 92.
SHOSHILING! QABUL KVOTALARI CHEKLANGAN!