Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida erkak, ayol professor-o‘qituvchilar, talaba yigitlar hamda talaba qizlarning kiyinish tartibi va madaniyati

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida  erkak, ayol professor-o‘qituvchilar, talaba yigitlar hamda talaba qizlarning 
kiyinish tartibi va madaniyati.Ayrim talabalarning oliy ta’lim muassasasiga odamlar diqqatini tortadigan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, elka, ko‘krak va qorin, shuningdek, tizzadan yuqori  qismlari ochiq  qoladigan hamda  haddan ziyod tor kiyimda yoki diniy ibodat libosida, metall zanjirlar, to‘g‘nog‘ichlar, tanaga turli munchoqlar qadagan holda, soqoli o‘sgan, ro‘molini jag‘idan bog‘lab o‘ragan tarzda kelishi va shunday holda yurishi jamoatchilik tomonidan axloqiy qoidalarni buzish sifatida e’tirof etilmoqda. SHu bilan birgalikda turli tushunmovchiliklarni keltirib chiqarib, ichki tartib-qoidalarning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.Har bir talaba oliy ta’lim muassasasiga orasta bo‘lib unga monand va belgilangan tartibdagi kiyimda, soqol olingan va soch tartibga keltirilgan holda kelishi lozim.YUqoridagilardan kelib chiqqan holda oliy ta’lim muassasasining Ustavi, ichki tartib qoidalari hamda xalqaro doirada umume’tirof etilgan ma’naviy va axloqiy tamoyillar, xalqimizga xos milliy urf-odat, an’analarimiz va milliy ma’naviyatimiz mezonlari asosida oliy ta’lim muassasasining ichki tartib-qoidalariga quyidagi jumlalar kiritilishini hamda oliy ta’lim muassasasi kengashi qayta tasdiqlanishini ta’minlashingiz so‘raladi.Oliy ta’lim muassasasi (OTM)da kiyinish tartibi va madaniyati: -talaba yigitlar OTM hududiga (belgilangan formada) oq kuylakda, klassik uslubdagi shim-kostyum, galstukda va to‘q rangdagi poyafzalda kelishlari lozim;-talaba-qizlar OTMga (belgilangan formada) ok bluzkalarda, tizzani yopib turadigan yubka va kostyum, to‘q  rangdagi poyafzalda kelishlari lozim; -erkak pedagog xodim va talaba yigitlarning tashqi qiyofasi ozoda, pokiza, sochi tartibga solingan va soqoli olingan bo‘lishi lozim;          -talabalar auditoriyada, o‘qituvchi va xodimlar esa xizmat xonalarida ustki kiyimda (plash, palto, kurtka kabilar) yurishlari mumkin emas; -pedagog xodim va talabalar OTMga diniy ibodat libosida, sport kiyimi va poyafzalida kelishi, ularning odamlar diqqatini tortadigan, xususan, tanani shaffof ko‘rsatib turadigan, elka, ko‘krak va qorin, tizzadan yuqori qismlari ochiq qoladigan hamda haddan ziyod tor kiyimda, shuningdek naushniklar, metall zanjirlar va boshqa taqinchoqlar, pirsingda, soqolini o‘stirgan holda, ro‘molini jag‘idan bog‘lagan tarzda OTMga kelishi va shu holatda OTMda yurishi mumkin emas;-ayol pedagog xodimlar va talaba-qizlarga yorqin pardoz(makiyaj) qilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.Ushbu qoidalarni buzganlik uchun Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017 yil 20 iyundagi 393-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga talabalarni o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizom” asosida intizomiy chora ko‘rish lozimligini ma’lum qilamiz.