SamDAQI 2018 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladii
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2018 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) ixtisosliklar bo’yicha qabul e’lon qiladii
Tayanch doktoranturada o’qishga talabgorlar OTM yoki ITMga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot fanlari uchun), oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) to’g’risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro’yxati, shuningdek ularning nusxalari.
- O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.
Hujjatlar OTM va ITM qabul komissiyasi tomonidan 15 sentyabrdan 15 oktyabrgacha bo’lgan davrda qabul qilinadi.
Tayanch doktoranturaga quyidagilarga ega bo’lganlar qabul qilinadi:
magistr darajasiga yoxud oliy ma’lumot to’g’risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo’yicha) ega bo’lganlar;
falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertasiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo’lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo’nalishlar bo’yicha ikkitadan kam bo’lmagan ilmiy ishlar to’plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo’lganlar.
Tayanch doktoranturada o’qish uchun talabgorlar mutaxassislik va chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o’rganilgan xorijiy til) bo’yicha kirish imtihonlari topshiradilar. Talabgorlarda IELTS (o’rtacha balli kamida 5,5), TOEFL (RVT) (567 balldan kam bo’lmagan) bo’yicha tasdiqlovchi amaldagi xalqaro malaka sertifikatlari mavjud bo’lganda chet tilidan topshiriladigan imtihonlardan ozod etiladi.
Tayanch doktoranturaga kirish imtihonlari har yili 1- 25 noyabr davrida o’tkaziladi.
Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2017 yil uchun tayanch doktoranturaga (PhD) ixtisosliklar bo’yicha qabul ko’rsatkichlari
№
|
Ixtisoslik shifri
|
Mutaxassislik nomi
|
soni
|
1
|
01.02.03
|
Gruntlar va tog’ jinslari mexanikasi
|
1
|
2
|
01.02.04
|
Deformasiyalanuvchan qattiq jism mexanikasi
|
1
|
3
|
05.09.01
|
Qurilish konstruksiyalari, binolar va inshootlar
|
1
|
4
|
05.09.03
|
Issiqlik ta’minoti. Ventilyasiya, kondisionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish
|
1
|
5
|
05.09.04
|
Suv ta’minoti. Kanalizasiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari
|
1
|
6
|
05.09.05
|
Qurilish materiallari va buyumlari
|
1
|
7
|
11.00.06
|
Geodeziya. Kartografiya
|
1
|
8
|
18.00.01
|
Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash
|
2
|
9
|
18.00.02
|
Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitek-turasi. Bino va inshootlar arxitekturasi
|
2
|
|
Jami
|
|
11
|
Murojat uchun SamDAQI IvaIPKTB, tel. 0366-237-18-47 U.Xuvaqtov