E’LON!

DIQQAT E’LON!!!
#doktorantura
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI 2020 YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURAGA (PHD) VA MUSTAQIL IZLANUVCHILIKGA QUYIDAGI IXTISOSLIKLAR BO‘YICHA QABUL E’LON QILADI
01.02.05 - Suyuqlik va gaz mexanikasi - 1 o‘rin;
05.05.06 - Qayta tiklanadigan energiya turlari asosidagi energiya qurilmalari -1 o‘rin;
05.09.01 - Qurilish konstruksiyalari. Binolar va inshootlar - 2 o‘rin;
05.09.03 - Issiqlik ta’minoti. Ventilyatsiya, konditsionerlash. Gaz ta’minoti va yoritish - 1 o‘rin;
05.09.04 - Suv ta’minoti. Kanalizatsiya. Suv havzalarini muhofazalovchi qurilish tizimlari - 1 o‘rin;
05.09.05 - Qurilish materiallari va buyumlari -1 o‘rin;
06.01.10 - Yer tuzish, kadastr va yer monitoringi - 1 o‘rin;
08.00.13 - Menejment - 1 o‘rin;
11.00.06 - Geodeziya. Kartografiya - 1 o‘rin.
18.00.01 - Arxitektura nazariyasi va tarixi. Arxitektura yodgorliklarini ta’mirlash va tiklash - 1 o‘rin;
18.00.02 - Rayonlashtirish. Shaharsozlik. Qishloq turar joylarini rejalashtirish. Landshaft arxitekturasi. Bino va inshootlar arxitekturasi - 3 o‘rin.
Tayanch doktoranturaga (PhD) talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:
- institut rektori nomiga ariza;
- qisqacha biografik ma’lumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilgunga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- ilmiy jurnallarda va nashrlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida bitta), ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalar to‘plamlariga kiritilgan tezislar (kamida ikkita) ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari;
- tadqiqot mavzusi bo‘yicha doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassal loyihasi;
- yetakchi olimlardan birining uni ilmiy raxbar sifatida belgilash yuzasidan yozma roziligi.
Qabul O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 22 maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan, Oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim to‘g‘risidagi NIZOM talablari asosida amalga oshiriladi.
Talabgorlar 2019 yil 15 sentabrdan 15 oktabrgacha www.phd.mininnovation.uz elektron manzilda ro‘yxatdan o‘tishlari va hujjatlarni tasdiqlangan variantda quyidagi manzilga taqdim etishlari talab qilinadi:
Hujjatlarni quyidagi manzil orqali online topshirishingiz mumkin: www.phd.mininnovation.uz
Samarqand shahar, Lolazor ko‘cha 70 uy,
Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti,
ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi.
www.phd.mininnovation.uz
Batafsil ma’lumot uchun telefon: (66) 237-18-47