Institut professor-o‘qituvchilari va talabalar diqqatiga!


#MicrosoftTeams #dastur #seminar_trening

Yakshanba kuni (23.01.2022) soat 13:00 da talabalar uchun “Microsoft Teams” dasturida TAJRIBA-SINOV darsi tashkil etiladi.

Barcha professor-o'qituvchilar va talabalarni ushbu sinov darsida ishtirok etishlari so‘raladi.

“Microsoft Teams” dasturi orqali olib boriladigan barcha dars mashg‘ulotlari avtomatik tarzda yozib boriladi. Tizim to‘liq ishga tushgandan so‘ng qaysi professor-o‘qituvchi va talaba mashg‘ulotlarda ishtirok etgani yoki ishtirok etmayotganligi haqidagi ma’lumotlar qayd etib boriladi va bu bo‘yicha haftalik ma’lumotlar e’lon qilib boriladi.


SamDAQI Axborot xizmati