E'lon
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QURILISH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI INNOVATSION RIVOJLANISH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligida 2020 yil 28-29 may kunlari talaba yoshlarning bilim va iqtidorlarini, innovatsion loyiha va ishlanmalarini qo‘llab-quvvatlash, yuqori salohiyatli mutaxassislarni tayyorlash hamda iqtidorli yoshlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga qiziqtirish, ijodiy bilimini kengaytirish maqsadida “Yangi asr iste’dodlari-2020” respublika ko‘rik-tanlovi online tarzida o‘tkaziladi.
(Ma’lum sabablarga ko‘ra ko‘rik-tanlovni o‘tkazish sanasida o‘zgarish holatlari bo‘lsa qo‘shimcha ma’lumot beriladi).
✅Ko‘rik-tanlov quyidagi nominatsiya yo‘nalishlari bo‘yicha o‘tkaziladi:
- Eng yaxshi tasviriy va amaliy san’at asari (rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik va o‘ymakorlik);
- Eng yaxshi arxitekturaviy innovatsion loyiha va maket;
- Eng yaxshi me’moriy ta’mirlash qayta tiklash va kompozitsiya loyihasi;
- Eng yaxshi landshaft va interer dizayni;
- Eng yaxshi innovatsion muhandislik-kommunikatsiya loyihalari va ishlanmalari;
- Eng yaxshi innovatsion qurilish materiallari va texnologiyalari;
- Eng yaxshi innovatsion biznes loyiha;
- Eng yaxshi zilzilabardosh binolar va konstruksiyalar;
- Eng yaxshi innovatsion energosamarador loyihalar va ishlanmalar;
- Eng yaxshi “Geoinnovatsiya” loyihasi va ishlanmasi;
✅Ko‘rik-tanlovda qatnashish uchun ishlarni rasmiylashtirish talablari va topshirish tartibi:
Muallif PDF variantda (2010 yilgacha bo‘lgan versiyada) tayyorlangan innovatsion ishlanma yoki loyihasini yuqori ko‘rinishidan va 4ta tomonidan olingan sifatli fotosuratlarini, ishning mazmun-mohiyatini ochib berish maqsadida 2 minutgacha qisqa va lo‘nda olingan ovozli videorolik va ishtirokchi muallifning tasdiqlangan reyting daftarchasi (yoki talabalik guvohnomasi)dan nusxalar, ilovada keltirilgan jadval asosida ishlanma yoki loyihani to‘g‘risida qisqa va lo‘nda yozma annotatsiya ham berishi lozim, yuqorida ko‘rsatilgan barcha ma’lumotlarni umumlashtirilib, “ZIP” fayli shaklida