E'lon
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining qaroriga ko‘ra Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi institutda tahsil oluvchi talabalar uchun 2020-2021 o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi, Beruniy va Islom Karimov Davlat stipendiyalari uchun munosib nomzodlarni hamda institutning Toshpo‘lat Shirinqulov va Rahmon Abdurasulov nomidagi stipendiyalariga tanlov e’lon qiladi.
❗️Nomdor stipentiya sohibi bo‘lish uchun nomzodlardan quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:
— dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
— reyting daftarchasidan ko‘chirma (ko‘chirma dekanatning haqiqiy muhri bilan itasdiqlangan bo‘lishi lozim);
— ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati;
— ilmiy (ijodiy) ishlarning annotatsiyasi;
— ilmiy (ijodiy) ishlarning bosma nusxalari;
— ilmiy (ijodiy) ishlar bo‘yicha ish rahbar va kafedraning fikr-mulohazasi;
— pasport nusxasi.
❗️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi nomzodlari uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim etilishi talab etiladi:
— nomzodning bakalavriat va magistraturaga kirish test sinovlarida to‘plagan bali;
— tarjimai holi;
— 10x15 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.
⭕️*izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi, Beruniy va Islom Karimov nomidagi davlat stipendiyalariga nomzodlar O‘zbekiston tarixi, chet tili va informatsion texnologiyalar bilimlariga ega bo‘lishlari talab etiladi.
Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i
Farog‘at QOSIMOVA
Batafsil ma’lumotlar uchun telefon va telegram raqami: +998(93) 334 04 23