E'lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari, Beruniy va Islom Karimov nomli Davlat stipendiyalariga hamda institutning T.Shirinqulov va R.Abdurasulov stipendiyalariga institutda ta’lim olayotgan iqtidorli talabalar o‘rtasida saralashning 1-bosqich tanloviga qatnashishi va munosib deb topilgan nomzodlar Nizom asosida tayyorlangan hujjatlar to‘plamini 2018 yil 25 iyunga qadar ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilishingiz so‘raladi.

Nomzodlarning yig‘ma jildida quyidagi hujjatlar bo‘lishi lozim:

  • dekanat va kafedra tavsiyanomasi;
  • reyting daftarchasi ko‘chirma (ko‘chirma dekanatning original muhri bilan itasdiqlanishi lozim);
  • ilmiy (ijodiy) ishlar ro‘yxati;
  • ilmiy (ijodiy) ishlarning annotatsiyasi;
  • ilmiy (ijodiy) ishlarning bosma nusxalari;
  • ilmiy (ijodiy) bo‘yicha ish rahbar va kafedraning fikr-mulohazasi;
  • pasport nusxasi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyalari nomzodlari uchun qo‘shimcha ravishda quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:

  • nomzodning bakalavriat va magistraturaga kirish test sinovlarida to‘plagan bali;
  • tarjimai holi;
  • 10x15 sm o‘lchamdagi rangli fotosurat.

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalari, Beruniy  nomidagi davlat stipendiyasiga nomzodlar O‘zbekiston tarixi, chet tili va informatsion texnologiyalarni bilishi shart.