E'lon!!!
2019 yili “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi munosabati bilan “DIMAX SANOAT SAVDO KO‘RGAZMA BIZNES MARKAZI” MCHJ tomonidan Respublikamizga xorijiy investorlarni jalb etish bo‘yicha keng tarmoqli chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilib, joriy yilning 3,5-aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi hamda O‘zbekiston savdo-sanoat palatasi bilan hamkorlikda Turkiyaning etakchi kompaniyasi bilan imzolangan Memorandum asosida “Xalqaro innovatsion qurilish texnologiyalari va maxsulotlari ko‘rgazmasi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Mazkur ko‘rgazmada Turkiyaning 80 ga yaqin ferma va kompaniyalari ishtiroki ko‘tilayotganligi, shu orqali qurilish sohasiga xorijiy investorlarni jalb etishni ko‘zlayotgan korxona va tashkilotlarni innovatsion texnologiyalar bilan tanishtirish hamda iste’molchilarni sifatli qurilish materialllari bilan ta’minlash ko‘zda tutilgan.
Ushbu ko‘rgazmaga ishtirok etish uchun joriy yilning 20 martiga qadar institutdan professor-o‘qituvchilar va talabalar ro’yxatini ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo’limiga taqdim etishingiz so’raladi.
SamDAQI ilmiy va ilmiy pedagogik
kadrlar tayyorlash bo’limi
(66) 237-18-47