E'lon!!!

“O‘ZDAVERLOYIHA” DAVLAT ILMIY-LOYIHALASH INSTITUTIDA “O‘ZBEKISTON ZAMINI” JURNALI (IXTISOSLIGI: ER TUZISH, ER MONITORINGI, ER RESURSLARIDAN SAMARALI FOYDALANISHNI TASHKIL ETISH VA NAZORAT QILISH, GEODEZIYA VA KARTOGRAFIYA, KADASTR, TUPROQSHUNOSLIK ILMIY-AMALIY VA INNOVATSION NASHR) TASHKIL ETILGANLIGINI MA’LUM QILAMIZ.

“O‘zbekistan zamini” ilmiy-ishlab chiqarish jurnalida maqola chop etish uchun qo‘yiladigan
TALABLAR

Maqolalar:

  • ilmiy mazmunga ega bo‘lishi, tadqiqotlarning dolzarbligi va maqsadi aniq ko‘rsatilishi;
  • tushunarli va ravon bayon etilishi;
  • oxirida esa aniq ilmiy va amaliy tavsiyalar tarzida xulosalar berilishi kerak.
  1. Maqola o‘zbek, rus va ingliz tilida yozilishi mumkin. Uning hajmi shakl, rasm va jadvallar (ko‘pi bilan 1,5 bet), adabiyotlar ro‘yxati, ingliz va rus (maqola rus va ingliz tilida bo‘lsa o‘zbek) tillaridagi annotatsiya (4-5 qator) bilan birga 5 betdan oshmasligi lozim.
  2.  Maqola matni Times New Roman yozuvida, 14 shriftda, 1,5 intervalda, chapdan 3, o‘ngdan 1,5, yuqori va pastdan 2 sm qoldirilib yoziladi, uni rasmiylashtirish (formulalarni yozish (“Microsoft Equation 3.0” dasturida), jadvallarni tuzish, grekcha, katta va kichik harflarni ajratish, so‘zlarni qisqartirish va boshqalar)) ilmiy jurnallar uchun qabul qilingan UO‘T indeksi birinchi sahifaning tepadagi chap burchagiga qo‘yiladi. Maqola oxirida muallif(lar)ning ismi, sharifi va ish joyining nomi aniq keltirilishi kerak.
  3. Nashr uchun tayyor maqola 2 nusxada, ichki taqriz, ekspert xulosasi va elektron varianti bilan qabul qilinadi. Ikkinchi nusxa mualliflar tomonidan imzolanadi. Mualif(lar)ning to‘liq ismi va sharif(lar)i, uy va ish joyi manzillari, telefon raqamlari ko‘rsatilishi shart.
  4. Talabga javob bermaydigan maqolalar qabul qilinmaydi. Tahririyat maqolani taqrizga yuboradi.
  5. Qo‘shimcha axborotlarni +99894-647-87-35 telefon raqami orqali olish mumkin.

 

SamDAQI ilmiy va ilmiy pedagogik
 kadrlar tayyorlash bo’limi
(66) 237-18-47