E'lon!!!

E’ L O N !

“O’ZBEKINVEST” EKCPORT-IMPORT MILLIY SUG’URTA KOMPANIYASINING 25-YILLIGIGA BAG’ISHLANGAN TALABALAR ILMIY ISHLARI TANLOVI 

Tanlovga bakalavriyatning 4-bosqich  va magistraturaning  1- va 2-bosqich talabalari taklif etiladilar. Tanlov g‘oliblari uchun quyidagi pul mukofotlari joriy qilingan:
Mukofot jamg‘armasi: 18 000 000 so‘m.
Shu jumladan:

1-o‘rin – 3 000 000 so‘m.
2-o‘rin – 2 000 000 so‘mlik 2 ta pul mukofoti.
3-o‘rin – 1 000 000 so‘mlik 3 ta pul mukofoti.
1-o‘rin olgan talaba ilmiy rahbariga – 2 000 000 so‘m
2-o‘rin olgan 2 tatalabalar ilmiy rahbarlariga – 1 500 000 so‘mdan
3-o‘rinolgan 3 tatalabalar ilmiy rahbarlariga – 1 000 000 so‘mdan
Ilmiy ishlarni topshirish muddati: 2019 yilning 1-iyunigacha.
Til: o‘zbek, rus, ingliz tillaridan biri.

Ilmiy ishlar mavzulari:

  1. O‘zbekiston sug‘urta bozori: muammolari va rivojlanish istiqbollari.
  2. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy aloqalar qaltisliklari sug‘urtasining hozirgi holati va ustuvor yo‘nalishlari.
  3. Sug‘urta bozorida demping bilan kurashishning chetel tajribasi va uni O‘zbekiston sharoitida qo‘llashning muammolari.
  4. Sug‘urta kompaniyasi biznes jarayonlarini mukammallashtirish: O‘zbekiston va chetel tajribalarini qiyosiy tahlili.
  5. O‘zbekistonda internet-sug‘urtasini rivojlantirishning muammolari va rivojlantirish istiqbollari.

Ilmiyishgatalablar:Hajmi 40-80 varaq, Times New Roman shrifti, 14-kegel, matn qatorlari orasidagi interval – 1,5. Abzasning 1-qatori uchun chetlanish (otstup) – 1 sm. Ilmiyishning printerda chop etilgan 1 nusxasi quyidagi manzilga topshiriladi: 100097. Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Cho‘ponata ko‘chasi,S-kvartal, “O‘zbekinvest” EIMSK boshbinosi. Ilmiyishning Ms Word dasturida.doc yoki docx formatida tayyorlangan elektron nusxasi quyidagi e-mail adresga jo‘natildi: konkurs-25@uzbekinvest.uz .

G’oliblar ro’yxati 2019 yilning 14-iyun kuni www.uzbekinvest.uz saytida e’lon qilinadi.
Pul mukofotlari va g’oliblik diplomlari 2019 yil 21 iyun kuni Kompaniya rahbariyati vakillari tomonidan bevosita g’olib o’qiyotgan o’quv yurtida tantanali sharoitda topshiriladi.Ushbu Konkurs bo’yicha qo’shimcha ma’lumotlarni quyidagi telefon bo’yicha olishingiz mumkin: (71) 120-03-74

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot
Faoliyatini tashkil etish bo’limi.
66 237-18-47