E’LON!

Hurmatli professor-o‘qituvchilar va ishchi xodimlar!
Hukumatning farmoyishiga asosan 2019 yilning 15-30 avgust kunlari mamlakatning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi deb e’lon qilindi.
Shuningdek, farmoyish bilan 17-18 avgust kunlari umumxalq xayriya hasharini o‘tkazish belgilandi. Biz sizlarni barchangizni ushbu kunlarda bo‘lib o‘tadigan umumxalq xayriya hasharida faol ishtirok etishga, tobora yaqinlashib kelayotgan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yillik bayramini munosib kutib olishga o‘z hissangizni qo‘shishga  barchangizni chorlab qolamiz.
Institut ma’muriyati.
Izoh: Hasharlar unda ishtirok etadigan shaxslar mehnat qiladigan tegishli tashkilot hududida mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik normalariga qat’iyan rioya etilgan holda o‘tkaziladi. Hasharlar doirasida boshqa turdagi jamoat ishlari, shu jumladan, qurilish-ta’mirlash ishlariga majburiy jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi.