E’LON!

O‘QISHGA MARHAMAT!

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti 2020-2021 o‘quv yili uchun abiturientlarni Oliy ta’lim muassalariga o‘qishga tayyorlash uchun “Tayyorlov bo‘limi”ga o‘quvchilarni qabul qiladi.
“Tayyorlov bo‘limi”ga o‘rta maktab, litsey va kasb-hunar kollejlarini tamomlagan yoshlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tab kelganlar hamda barcha xohlovchilarni shartnoma asosida qabul qiladi.
“Tayyorlov bo‘limi” matematika, fizika, o‘zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, chet tili (ingliz, nemis, fransuz tillari), chizmachilik, rasm, rangtasvir, qalamtasvir, dizayn va tarix fanlari bo‘yicha tayyorlaydi.
Ta’lim shakli ishlab chiqarishdan ajralgan holda – kunduzgi.
O‘qish muddati 9 oy bo‘lib, o‘qish o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.
“Tayyorlov bo‘limi”ga kiruvchilar quyidagi hujjatlarni topshiradilar:
- rektor nomiga ariza;
- shartnoma (to‘lov naqd, pul ko‘chirish yoki plastik kartochkalar orqali amalga oshiriladi);
- 2 dona pasport nusxasi (ota va onalari pasportlarining nusxasi), ma’lumoti haqida xujjat (asl nusxasi) va 4 dona 3,5 x 4,5 sm o‘lchamdagi suratlar;
- hujjat topshirish paytida pasport hamda harbiy xizmatga aloqadorligi to‘g‘risidagi hujjatlarning asli ko‘rsatiladi.
Hujjatlar 2019 yil 10 avgustidan 30 sentyabracha qabul qilinib, 29-30 sentyabr kunlari suhbat o‘tkaziladi. Suhbat barcha ixtisosliklarda I va II bloklar bo‘yicha umumta’lim fanlari dasturi hajmida o‘tkaziladi.
Suhbatlardan ijobiy o‘tgan va to‘lov kontrakt shartlarini to‘liq amalga oshirganlar 30 sentyabr kuni tayyorlov bo‘limiga qabul qilinadi.
Mashg‘ulotlar 1 oktyabrdan boshlanadi. Tayyorlov bo‘limiga qabul qilinganlar extiyojiga qarab yotoqxona bilan ta’minlanadi.
Murojaat uchun manzil:
Samarqand shahar, Lolazor ko‘chasi, 70 uy, Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti “Tayyorlov bo‘limi”.
Murojaat uchun telefon:
+99(897) 399-13-49, +99(891) 554-17-84, +99(897) 914-34-11
Telegramda sizni qiziqtirgan savollar bo‘lsa quyidagi guruhga a'zo bo‘lib batafsil javob olishingiz mumkin: @samdaqi_tayyorlov