E'lon

O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining 2020-yil 27-avgustdagi 08/30502-sonli xatiga muvofiq Malayziyaning Al-Buxoriy xalqaro universiteti tamonidan o‘rta maxsus va bakalaviriyat dasturlarida tahsil olish uchun e’lon qilingan sitipendiya tanlovi to‘g‘risida
Malayziya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, o‘qish 2021-yil oktabr oyidan boshlanadi va ushbu sitipendiya kam ta’minlangan oilalar qatoridan iqtidorli yoshlarga taqdim etiladi.
Nomzodlar xujjat topshirish vaqtida 18-22 yosh oralig‘ida, uylanmagan (turmushga chiqmagan) bo‘lishi kerak. Ular litsey bitiruvchilari yoki OTMning yosh xodimlari orasidan tavsiya etilishi mumkin deb hisoblaymiz.
Mazkur sitipendiya ta’lim, yashash va ovqatlanish kabi xarajatlarni o‘z ichiga oladi va ular uchun oyiga 107 AQSH dollari ajratadi. Bundan tashqari, aviachipta (borish va kelish), talabalik vizasi (birinchi to‘lovi 600 AQSH dollar, keyingi yillarda viza muddatini uzaytirish 240 AQSH dollardan) va ro‘yxatdan o‘tish uchun to‘lov (180 dollar) hamda qaytarib beriladigan garov puli (285 dollar) ham ajratiladi.
Tavsiya etilgan nomzod mustaqil ravishda, talabnomani universitet veb-saytida (http://apply.aiu.edu.my/index.php?page=home) to‘ldirishi, Al-Buxoriy xalqaro universiteti bilan bog‘lanishi va mazkur universitetning barcha kirish tadbirlaridan onlayn tarzida o‘tishi kerak.
Al-Buxoriy xalqaro universitetida o‘qish shart-sharoitlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar bilan https://www.aiu.edu.my veb-saytida tanishish mumkin.
❗️Xujjat topshirish muddati 2021-yil iyul oyigacha.
SamDAQI Xalqaro aloqalar bo‘limi
Murojaaat uchun telefon: +99 866 237 05 32