E’LON!
"Intellektual yoshlar-vatanimiz kelajagi" nomli eng yaxshi maqola tanlovi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash "Ulug‘bek" jamg‘armasi va O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida "Intellektual yoshlar-vatanimiz kelajagi" nomli iqtidorli talabalar, magistrlar, doktorantlar va yosh olimlar o‘rtasida yilning eng yaxshi maqolasi tanlovi o‘tkazish rejalashtirilgan.
Maqola ilmiy jurnallar talabiga asosan tayyorlanishi, Microsoft Word matn muharririda 14 o‘lchamdagi shrift kattaligida, 5-6 sahifa oralig‘idagi hajmda, 1,0 intervalda tayyorlanishi hamda chop etilmagan bo‘lishi kerak. Maqola bilan birgalikda muallifning 4x5 o‘lchamdagi fotosurati, ilmiy rahbari to‘g‘risidagi ma’lumotlar va maqolaga taqrizlar bilan birgalikda taqdim etiladi.
Talabgorlarning ilmiy maqolalari 2019 yil 14 noyabr soat 10:00 gacha ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga taqdim qilishingiz so‘raladi.
Ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi
66 237-18-47