E'lon!!!

O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish, mamlakatimizning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish maqsadida Tourism challenge (Turizm chorlovi) loyihasini

E’LON QILADI

Tanlovda mamlakatimiz ta’lim muassalarida tahsil olayotgan o‘quvchi va talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin. Tanlov quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:

  1. Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan ysohlar (ta’lim muassasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz web sayti orqali ro‘yhatdan o‘tadilar;
  2. Sayohat tashkil etilgan hududga borgach, tanlovning mas’ul vakilidan tegishli atributni(ta’lim muassasaining raqami yoki yozilgan bayroq oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;
  3. Shundan so‘ng, xarita yonida va turizm obyektlarida o‘z jamoasi bilan suratgatushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boshqalar) orqali chorlov yo‘lladilar va o‘z sayohatlarini keng yoritadilar.

Ishtirokchilarning sayohatlari hakamlar hay'ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko‘rib chiqiladi:

- sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga – yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);         
- sayohatlarning umumiy masofasi;
- sayohatlar mashrutlarning yangiligi va o‘ziga xosligi (kreativligi);
- sayohatlarning davomiyligi (ketma-ketligi);
- sayohatlar soni;
- sayohatchilar soni;
- sayohatchilar OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko‘rganligi).
- sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.

Tanlov g‘oliblari oliy ta'lim muassasalari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta'lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari hamda umumiy o‘rta ta'lim maktablari bo‘yicha alohida-alohida aniqlanadi va e'lon qilinadi.

Tanlov g‘oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:

1-o‘rinlar: Qo‘shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatmashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);

2-o‘rinlar: Qo‘shni bitta mamlakatda 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);

3-o‘rinlar: O‘zbekistonning 3ta shahriga 5 kunlik sayohat 3ta shahriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo‘llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.

Batafsil ma’lumotlarni www.tourchallenge.uzsaytihamda+998951933402 telefon orqali olishingiz mumkin.
Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!
O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qiling!