E’LON!

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi Ishlar Vazirligining 19.02.2020 yil №04-1/9331 sonli xatiga muvofiq 2020-2021 o‘quv yili uchun stipendiya dasturi to‘g‘risida:
Belorusiya Respublikasi hukumati tomonidan Belorusiya Respublikasi universitetlarida quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘qitish uchun tanlov e’lon qiladi:
- “Avtomobilsozlik”
- “Traktorsozlik”
- “Qishloq xo‘jaligida ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish”
- “Agrosanoat kompleksini moddiy-texnik ta’minoti”
- “Tibbiyot: Veterinar”
- “Axborot texnalogiyalari”
Nomzodlar tanlov orqali, suhbat natijalariga ko‘ra qabul qilinadi. Shuningdek hujjatlar ma’lum talablarga javob berishi kerak.
Agar siz yuqoridagi dasturda ishtirok etishni istasangiz, barcha zarur hujjatlar asl nusxalarini qisqacha suhbat uchun O‘zbekiston Respublikasidagi Belorussiya Respublikasining elchixonasiga shaxsan taqdim etishingizni so‘raymiz.
Hujjatlar rus yoki belarus tilida, notarial tasdiqlangan holatda bo‘lishi kerak.
Tanlov natijalari va suhbat ijobiy bo‘lgan taqdirda, universitet talaba bilan o‘qishni tugatgandan so‘ng ma’lum muddat universitetda ishlash uchun shartnoma tuzishni taklif qiladi.
Shuningdek, moliyalashtirish uchun, iltimos, ajratilgan mablag‘ miqdorini (aviachiptalar, o‘quv xarajatlari, stajirovkaga haq to‘lash, turar joy va boshqalar) ro‘yxatdan o‘tkazing.
Manzil: 100047, Toshkent shahri, Y.Gulyamov ko‘chasi, 75. Mo‘ljal - O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi binosi ro‘parasida.
Ushbu dastur haqida batafsil ma’lumotni uzbekistan@mfa.gov.by portali orqali olishingiz mumkin.
Batafsil ma’lumot uchun institut Xalqaro aloqalar bo‘limiga murojaat qilishingiz mumkin.
Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun telefon: +998(66) 237-05-32