ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!
5150903 - “Dizayn: landshaft dizayni”, 5150911- “Dizayn: intererni loyihalash” ta’lim yo‘nalishlariga hujjat topshirgan
ABITURIENTLAR DIQQATIGA!!
2021-2022 o‘quv yili uchun kasbiy (ijodiy) imtihon o‘tkazish kunlari belgilangandan keyin, tasdiqlangan dasturga asosan ijodiy imtihonda har bir abiturient qo‘yidagi zaruriy o‘quv qurollarini o‘zilari bilan olib kelishlari talab etiladi:
1.Rangtasvir fanidan ijodiy imtihonga:
Qalam (T,TM, o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), akvarel bo‘yog‘i, palitra (rang tayyorlagich), rang uchun suv idish, turli hajmdagi mo‘yqalamlar.
2. Chizmachilik fanidan ijodiy imtihonga:
30x40 o‘lchamdagi planshet (chizma doskasi), qalam (T,TM,M), o‘chirgich, skoch, rezak(qalam charxlagich), sirkul (har xil turdagi), chizg‘ichlar, (O‘lcham(lineyka), burchaklik (ugolnik), transportir).
Kasbiy (ijodiy) imtihon topshirig’ini bajarish uchun A3 o‘lchamdagi qog‘oz qabul komissiyasi tomonidan beriladi.
Ortiqcha buyumlar (imtihonga taa’luqli bo‘lmagan barcha buyumlar) ni olib kirish ta’qiqlanadi!
Ijodiy imtihon dasturi va o‘tkazilish tartibi bilan tanishish uchun www.samgasi.uz elektron manziliga murojaat qilishingiz mumkin.