E’LON.
Kasb-hunar kollejlari, arxitektura va qurilish boshqarmalari, qurilish tashkilotlari, korporasiyalar, banklar, qo’shma va xususiy korxonalar rahbarlari diqqatiga!
SAMARQAND DAVLAT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI REKTORATI
2015-2016 o’quv yilida institutning bitiruvchi bakalavr hamda magistrlarini ish bilan ta’minlashga ko’maklashish maqsadida "Bitiruvchi-2016" tadbirini o’tkazishini e’lon qiladi.
Institutni bitiruvchi bakalavr hamda magistrlar boy nazariy bilimlardan tashqari, zamonaviy innovasion axborot texnologiyalari yordamida ish faoliyatini bozor iqtisodiyoti talablariga mos ravishda tashkil qiladigan, har jihatdan raqobatbardosh va zamon talablariga javob beruvchi mutaxassislardir.
Bakalavr hamda magistr darajasidagi mutaxassislarga ehtiyoji bor korxonalar 2016 yilning 16 aprel kuni soat 12.00 da institutning “Arxitektorlar bog’i”da (Arxitektura fakulteti binosi hovlisi) o’tkaziladigan tadbirda qatnashishlarini so’raymiz.
Manzil: Samarqand shahar, Lolazor ko’chasi, 70 uy, Marketing xizmati bo’limi.
Tel., faks: (0366) 237-12-77 e-mail:samgasi.marketing@mail.ru, Sayt: https://alpha.samdaqi.edu.uz/