E’LON!

DIQQAT E'LON!
#tanlov
“UNESCO” ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi.
Buyuk Ipak yo‘li madaniy merosini targ‘ib etish maqsadida “UNESCO” navbatdagi “Ipak yo‘li yoshlar nigohida” mavzusi bo‘yicha badiiy fotosuratlar tanlovini e’lon qiladi.
Ushbu tanlovda 14 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yoshlar ishtirok etishlari mumkin. Ishtirokchilar 2 yosh toifalarida baholanadi:
-  14 yoshdan 17 yoshgacha
-  18 yoshdan 25 yoshgacha
Tashkil etilayotgan fotosuratlar tanlovi quyidagi uch mavzuga bag‘ishlanadi:
-  Gastronomiya va taomlar;
-  An’anaviy sport o‘yinlari;
-  Musiqa va raqs san’ati.
Tanlov bo‘yicha fotosuratlar “Online” tarzda 2020 yilning 6 yanvar kuniga qadar qabul qilinadi.
Tanlov bo‘yicha batafsil ma’lumotni quyidagi web-sahifasi orqali olish mumkin:
(https://unescosilkroadphotocontest.org).
Tanlov natijalari 2020 yilning 21 mart kuni “UNESCO” web sahifasi www.unesco.org/silkroad orqali e’lon qilinadi.