“TA’LIM, FAN VA ISHLAB CHIQARISH INTEGRATSIYASIDA INTELLEKTUAL SALOHIYATLI YOSHLAR-MAMLAKAT TARAQQIYOTINING MUHIM OMILI”
mavzusida yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil tadqiqotchilar, magistrant va iqtidorli talabalarning an’anaviy XIV respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkaziladi. Konferensiyada ishtirok etish uchun quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha materiallar taqdim etish mumkin:
Konferensiyaning yo‘nalishlari:
- Arxitektura, shaxarzozlik, dizayn va san’atshunoslik sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari;
- Qurilish, muhandislik kommunikatsiyalari, texnika, va texnologiyalarni rivojlantirishning dolzarb muammolari;
- Geodeziya, kartografiya va davlat kadastrlari yagona tizimini rivojlantirishning dolzarb muammolari;
- Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va tabiy resurslardan oqilona foydalanishning dolzarb muammolari;
- Iqtisodiyot, turizm va servis sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari;
- Kadrlar tayyorlash hamda malakasini oshirish, pedagogika, psixologiya, ta’lim va tarbiya sohalarini rivojlantirishning dolzarb muammolari;
Konferensiyaning rasmiy tillari: o‘zbek, rus va ingliz.
Ilmiy anjumanda ishtirok etishni hohlovchilar 3-5 sahifa hajmdagi va puxta tahrirlangan materiallarini konferensiya to‘plamida chop ettirish uchun 2017 yilning 10-mayigacha samgasikonf2017@umail.uz elektron manziliga yoki Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limiga qog‘oz va elektron ko‘rinishda taqdim etishlari lozim.
Maqolalarni rasmiylashtirishga quyiladigan talablar:
- Ilmiy anjumanda ishtirok etish uchun mualliflar o‘z ma’ruzalarini Word muharririda Times New Roman shriftida 14 o‘lchamda, 1,5 intervalda, A4 qog‘ozda rasmiylashtirilishi lozim. Qog‘ozning tepasidan 2 sm, pastdan 2 sm, chapdan 2 sm, o‘ngdan 2 sm qoldirib yoziladi.
- Sarlavhada ma’ruzaning nomi, ma’ruzachining F.I.SH., lavozimi, tashkilot nomi, bog‘lanish uchun telefon raqami, elektron manzili sahifaning o‘rtasida joylashgan bo‘lishi kerak;Konferensiya materiallari to‘plami mualliflar matnidan bevosita o‘zgartirishsiz chop etiladi. Muddatidan kechiktirib topshirilgan yoki talablarga javob bermaydigan maqola va tezislar qabul qilinmaydi va mualliflarga qaytarilmaydi.
Konferensiya materiallarini to‘plam shaklida chop etish uchun ishtirokchilar maqola va tezislarni har bir sahifasi uchun 10000 so‘m miqdorida tashkiliy badal mablag‘ini to‘lashlari zarur.
Murojaat uchun tashkiliy qo‘mita: 140147, Samarqand sh., Lolazor ko‘chasi 70 uy. Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti ilmiy va ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi. Tel: (0-366) 237-18-47, Mobil: +99891 551-47-97
E-mail: samgasikonf2017@umail.uz Lazizbek Ibragimov
>>Batafsil