E’LON!

#QABUL2019
Hurmatli abiturientlar!
O‘qishga qabul tugadi deb o‘ylaysizmi?

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti nufuzli xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda 2+2 tizimida tashkil etilgan qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha o‘qishga taklif etadi!

Moskva davlat qurilish universiteti

(Rossiya)

5340200 - Bino va inshootlar qurilishi  (270800 - Строительство (профиль: Промышленное и гражданское строительство));

5340500 - Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish (270800 - Строительство (профиль: Производство и применение строительных материалов, изделий и конструкций)).

Belarus milliy texnika universiteti

(Belarus Respublikasi)

5340100 - Arxitektura -  (1-690101 - Архитектура);

5340400 - Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (issiqlik-gaz ta’minoti va ventilyatsiya) - (1-700402 - Теплогазоснабжение, вентиляция и охрана воздушного бассейна);

5347200 - Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini loyihalash va ulardan foydalanish - (1-700403 - Водоснабжение, водоотведение и охрана водных ресурсов).

ABITURIENTDAN TALAB QILINADIGAN KERAKLI HUJJATLAR!

  • O‘rta yoki o‘rta maxsus ma’lumoti haqidagi hujjatning nusxasi (asli ko‘ratiladi);
  • Pasportdan nusxa (asli ko‘rsatiladi);
  • Tibbiy ma’lumotnoma(forma 086-U shaklidagi);
  • Ariza (rus tilida, qabul komissiyasida to‘ldiriladi);
  • 6 dona 3.5x4.5 fotosurat.

Ta’lim turi:kunduzgi (To‘lov shartnoma asosida);

Ta’lim to‘liq rus tilida;

Hujjatlarni qabul qilish muddati 10 avgustga qadar!

Shoshiling!

QABUL SHARTLARI!

Abiturientlarni o‘qishga qabul qilish, kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha tanlov asosida amalga oshiriladi.

Abiturientlar dastlab rus tilida diktant shaklidagi sinovdan o‘tadilar.

"Arxitektura" ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha hujjat topshirgan abiturientlar "Rasm, kompozitsiya, chizmachilik"dan ijodiy imtihon topshiradilar. Ijodiy imtihonda olingan ballar umumiy ballarga qo‘shiladi. Tanlovdan muvaffaqqiyatli o‘tgan abiturientlar har yili 15 sentyabrgacha o‘qishga qabul qilinadilar.

Ta’limning birinchi ikki yili SamDAQIda, keyingi bosqichlari xorijiy Oliy ta’lim muassasalarida davom ettiriladi.

Xorijiy universitetlarda o‘qishni muvaffaqiyatli tugatgan talabalar SamDAQI va xorijiy hamkor universitetlarning ikki tomonlama (double degree) diplomiga ega bo‘ladilar.

Arizalar SamDAQIning Arxitektura fakulteti binosida qabul qilinmoqda.

Manzil: Samarqand shahri, Lolazor ko‘chasi 70.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun qabul komissiyasi manzillari:
Telefon: (+99866) 237-43-87;

e-mail:qabul@samgasi.uz

Telegram manzil:t.me/samgasi_websati

Qabul kunlari:ish kunlari 9:00 dan 18:00 gacha;