“Innovasion g’oyalar” ko’rik-tanlovi

E’LON !

O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2016 yil 24 fevraldagi 80-sonli  “Innovasion g’oyalar ko’rik-tanlovining hududiy bosqichlarini tashkil etish va o’tkazish to’g’risida”gi buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida,  2016 yil 10 mart kuni Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 35 yoshgacha bo’lgan yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil  izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar ishtirokida  Innovasion g’oyalar” ko’rik-tanlov bo’lib o’tadi.
Ushbu ko’rik tanlovda yosh olimlar, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar, mustaqil  izlanuvchilar, magistrantlar va iqtidorli talabalar tomonidan yaratilgan innovasion g’oyalar, ishlanmalar, loyihalar va ijodiy ishlari namoyish etiladi.