DIQQAT E’LON!

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 26 yanvardagi 78-sonli buyrug‘iga asosan institut talabalari o‘rtasida “Vatan himoyasi – har bir fuqaroning sharafli burchi” va “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzularida insholar tanlovi o‘tkaziladi!

“Vatan himoyasi - har bir fuqaroning sharafli burchi” va “Men nechun sevaman O‘zbekistonni” mavzularidagi tanlov uch bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich - institutning fakultetlari akademik guruhlari talabalari o‘rtasida joriy yil fevral oyining oxirgi shanbasida o‘tkaziladi.
Ikkinchi bosqich - institut miqyosida fakultetlararo ularning g‘oliblari o‘rtasida mart oyining oxirgi shanbasida o‘tkaziladi.
Uchinchi bosqich (yakuniy) - respublika oliy ta’lim muassasalari g‘oliblari o‘rtasida joriy yil aprel oyining uchinchi un kunligida o‘tkaziladi.
Tanlovga taqdim etiladigan insholar quyidagi mezonlarda baholanadi:

- mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
- ijodiy ish (insho)ning stilistik va grammatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
- mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondoshuvlar;
- mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
- mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi.

Insho matni talabalar tomonidan yozma shaklda bayon etiladi va har bir mezon 10 ballik tizim asosida baholanadi (jami 50 ball).

Uchinchi bosqich (respublika bosqichi)da g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari bilan rag‘batlantiriladi:

1-o‘rin – 2 000 000 (ikki million) so‘m;
2-o‘rin – 1 500 000 (bir million besh yuz ming) so‘m;
3-o‘rin – 1 000 000 (bir milion) so‘m.

Shuningdek, g‘olib talabalar Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “Faxriy yorliqi” bilan taqdirlanadi. Talabalarning eng sara ijodiy ishlari Respublika gazeta va jurnallarida yoritiladi.