E’LON!

 

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 30 sentyabrdagi 87-02-2422 sonli xatiga asosan Islom Karimov nomidagi respublika xayriya jamoat fondining joriy yilda xorijiy oliy ta’lim muassasalari magistraturasida tahsil olishga imkoniyat beruvchi navbatdagi IV-ta’lim grantlar tanloviga hujjatlar qabul qilish 15 oktyabrdan rejalashtirilganligi, tanlovga hujjatlarni qabul qilishning aniq muddati sentyabr oyining oxirigacha ma’lum bo‘lishini e’lon qiladi.
Quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hujjat qabul qilinadi:
- Arxitektura.
- Bino va inshootlar qurilishi.
Tanlovda ingliz, nemis yoki fransuz tillarini a’lo darajada bilgan, institutning so‘nggi kursida tahsil olayotgan, yoshi 35 dan oshmagan O‘zbekiston fuqarolari ishtirok etishi mumkin.
Tanlovda ishtirok etish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro‘yxati:
- Fond tomonidan tasdiqlangan shakldagi tanlovda ishtirok etishga ariza;
- tanlov ishtirokchisi tomonidan imzolangan «Chet el oliy ta’lim muassasalarida magistrlik dasturi bo‘yicha tahsil olish uchun Karimov fondi grantini olish bo‘yicha o‘tkaziladigan IV tanlov Nizomi»dan ko‘chirma;
- oliy ta’lim muassasasi rektori (tashkilot, korxona, muassasa rahbari) nomidan tanlovda munosib nomzod sifatida ishtirok etishi to‘g‘risidagi Tavsiyanoma;
- pasport rangli nusxasi;
- oliy ta’lim muassasasini bitirganligi to‘g‘risidagi Diplom nusxasi;
- baholari ko‘rsatilgan diplom ilovasi nusxasi yoki reyting daftarchasi nusxasi.
Institut iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi.
Tel: 66 237-18-47