Institut rektorining yoshlar kuni munosobati bilan tabrik so'zi

 

AZIZ INSTITUTIMIZ YOSHLARI!
Sizlarni qutlug‘ ayyom — Yoshlar kuni bilan chin qalbimdan samimiy murakbod etaman.
Mana shunday quvonchli kunda avvalo keyingi paytlarda yoshlar bilan ishlash bo‘yicha mutlaqo yangi tizim asosida ishlar olib borilayotgani, talaba-yoshlarning ijtimoiy faolligi, institut hayotida munosib qo‘shib kelayotgan hissangizni barchamiz minnatdorlik bilan e’tirof etamiz.
Fan olimpiadalari, “Zakovat” intellektual o‘yini, “Tafakkur sinovlari”, “QVZ”, “Talabalar teatr studiyasi”, Sport musobaqalaridan institut jamoalari munosib o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelmoqdalar. Biz sizlar bilan faxrlanamiz!
Doimo sizlarga sog‘lik-salomatlik, kuch-g‘ayrat va shijoat hech qachon tark etmasligini tilayman.
Men sizlarning har biringizga el-yurtimiz faxrlanadigan, jonajon O‘zbekistonimizning munosib farzandi, haqiqiy inson bo‘lish baxti nasib etishini tilayman.
Sizlarni Yoshlar kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklab, barchangizga yangi yutuqlar, baxt va omad tilayman.
Hamisha sog‘-omon bo‘ling, aziz SamDAQI Yoshlari!
SamDAQI rektori Sultan Ilyasovich Axmedov