DOLZARB MAVZUDAGI ONLINE VEBINAR

#vebinar

Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining Germaniyadagi elchixonasi hamda Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti hamkorligida joriy yilning 8-may kuni  ZOOM dasturi orqali “Servitutni tashkil qilish amaliyoti va tajribasi - Shvetsiya misolida” mavzusidagi vebinar tashkil etildi. 

 Vabinar davomida Jahongir Rahmanov "Lantmäteriyet/The Shwedish Mapping, Cadastral and Land Registration Authority", yer kadastri huquqiy masalalari boʻyicha mutaxassisi (Shvetsiya) soʻzga chiqib “Servitutni tashkil qilish amaliyoti va tajribasi - Shvetsiya misolida” hozirgi kunda sohadagi zamonaviy innoavatsiyon texnologiyalar asosida olib borilayotgan ishlar haqida toʻliq maʼlumotlar berdi.

Ushbu vebinarda Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti "Bino va inshootlar kadastri" kafedrasi katta o‘qituvchisi Lazizbek Ibragimov, o‘qituvchi Zokir Yarqulov va "Geodeziya va kartografiya" kafedrasi katta o‘qituvchisi Shuxrat Tuxtamishov va o‘qituvchi Shoxruzbek Xudoyqulovlar ishtirok etdilar. 

 


SamDAQI Axborot xizmati