DIQQAT E’LON! STARTUP
Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan Qozogʻiston Respublikasining elchixonasi notasida Markaziy Osiyo startapchilari uchun joriy yil 5-14-oktyabr kunlari oʻquv vebinari tashkil etilishi maʼlum qilingan.
Vebinar mavzusi – “АКСЕЛЕРАЦИЯ И ОБУЧЕНИЕ ДЛЯ СТАРТАПОВ”. Bu vebinarlar ishtirokchilarga startaplar rivojlanishining dastlabki bosqichida zarur boʻlgan koʻnikma va bilimlarni, shuningdek muvaffaqiyatga
erishish uchun amaliy vositalar toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish imkoniyatini beradi.
Mazkur vebinar Qozogʻiston xalqaro rivojlanish agentligi (KazAID) hamda Isroil davlati Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “MASHAV” agentligi hamkorligida tashkil etilmoqda. Vebinarda Isroil ekspertlari tomonidan 8 akademik soat va Qozogʻiston ekspertlari tomonidan qoʻshimcha 8 akademik soat maʼruza va munozaralar oʻtkaziladi (batafsil maʼlumot ilova qilinmoqda).
Markaziy Osiyo startapchilari uchun oʻtkazilishi rejalashtirilgan ushbu vebinarda ishtirok etish istagini bildirganlar 2021-yil 10-avgust kuniga qadar ilovada keltirilgan ariza namunasini toʻldirib, leila.sagymbayeva@outlook.com. elektron manziliga yuborish zarur.
Xalqaro hamkorli bo‘limi
SamDAQI Axborot xizmati