DIQQAT E’LON!

 TIVning 2021-yil 7-oktabrdagi 16/37214-sonli xatiga muvofiq Qozog‘istonning O‘zbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, joriy yil 26-29-oktabr kunlari “Будущее уже сегодня” mavzusidagi Nobel Fest 3-onlayn festivali o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ushbu festival Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti kutubxonasi - Eлбасы N.Nazarbayev, G-Global xalqaro kotibiyati va inklyuziv rivojlanish jamg‘armasi tomonidan tashkil etiladi.

Nobel Fest quyidagi 4 ta asosiy yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi:
“Зеленая реальность”
“Навыки новой эры”
“Век инноваций”
“Экономика для людей”

Qozog‘iston tomoni mazkur tadbirda qatnashish uchun oliy ta’lim muassasalarining rahbarlari va mas’ul xodimlarini taklif etgan.

Festivalda qatnashish uchun quyidagi veb-sahifa orqali ro‘yxatdan o‘tish zarur: https://nobel-fest.inpolicy.net/
Mazkur tadbir bilan bog‘liq bo‘lgan qo‘shimcha ma’lumot uchun mas’ul: Kalibekov Batixan – Nobel festivali matbuot xizmati; e-mail – kalibekov@inpolicy.net


SamDAQI Axborot xizmati