DIQQAT EʼLON!

Hurmatli professor-oʻqituvchilar hamda institutimiz talabalari!

Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida ham 2022 yilning 24 yanvar kunidan boshlab bir oy davomida ta’lim onlayn shaklda olib boriladi.

Ayni paytda SamDAQIda “Microsoft Teams” dasturining litsenziyasi mavjud. Bir oy davom etadigan onlayn taʼlim ushbu Teams dasturi orqali olib borilishi rejalashtirilmoqda.

Siz oʻz telefoningizga, planshetingizga yoki kompyuteringizga “Microsoft Teams” ilovasini quyidagi havola orqali tekin yuklab olishingiz mumkin:
https://www.microsoft.com/ru-ru/microsoft-teams/download-app

Teams dasturini ishga tushirish uchun har bir xodim oʻziga beriladigan SamDAQI elektron pochta manzillarini (namuna@samdaqi.edu.uz) kiritishlari talab etiladi.

Elektron pochta manzillari va parollar kafedralarga yetkaziladi. Kafedra mudirlari oʻz navbatida ularni professor-oʻqituvchilarga yetkazadilar.

Teams dasturidan foydalanish boʻyicha qoʻshimcha maʼlumot tez orada eʼlon qilinadi.

Oʻzingizni ehtiyot qiling, vaksina olishni unutmang!


SamDAQI Axborot xizmati