Dehli mutaxassisi institutga tashrif buyurdi

Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutiga Dehli universiteti ijtimoiy fanlar kafedrasi professori Pamela Singla tashrif buyurdi.

Xorijlik mutaxassis Pamela Singla tomonidan “Ayollarni huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, barqaror taraqqiyot jarayonini tezlashtirishning muhim omilidir” mavzusida institut rahbariyati, ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda “Gender tengligini ta’minlash barqaror taraqqiyot 2030” dasturining maqsadlaridan biri ekanligi va buning uchun amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi.

Tadbir so‘ngida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.