Institutda o’tkaziladigan davra suhbatlari rejasi, videokonferensiyalar va simpoziumlar to’g’risida ma’lumotlar
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Innovasion loyihalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga tadbiq etishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirar to’g’risida»gi PQ-916 sonli Qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda 2008 yildan boshlab o’tkazib kelinayotgan «Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar» Respublika yarmarkalarida institutning bir qator professor-o’qituvchilarining ilmiy ishlanma va loyihalari namoyish etilgan. Samarqand davlat arxitektura–qurilish instituti tomonidan 2015 yil 19-21 may kunlari Toshkent shahrida bo’lib o’tgan “VIII – Innovasion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika yarmarkasi”da institut professor-o’qituvchilar o’zlari tomonidan yaratilgan “Pasportizasiya i graficheskaya modulizasiya rasteniy primenyayemыye v ozelenenii”, “GIS texnologiyalari asosida yaratilgan elektron ko’rinishdagi axoli kartasi”, “Texnologiya vыsokoprochnыx щyelochnыx sementov i betonov iz otxodov proizvodstv (shlakov, щyelochey)”, “Malogabaridnaya vodoochistitelnaya ustanovka tipa Zilol-5”, “Utepitel iz otxodov derevoobrabotki dlya sten” kabi 6 ta arxitektura, qurilish va kartografiya sohalariga oid innovasion ishlanma va loyihalar bilan ishtirok etishdilar. Yarmarka doirasida qurilish sohasidagi 14 ta korxona, muxandislik tarmoqlari sohasidagi 8 ta korxona, 5 ta fermer xo’jaliklari bilan hamda 7 ta xususiy korxonalar bilan 34 ta shartnoma imzolandi.