DAVLATIMIZ RAHBARI MUROJAATNOMASI MAMLAKATIMIZNI HAR TOMONLAMA RIVOJLANTIRISHDA YAQIN O‘N YILLIKKA MO‘LJALLANGAN HAYOTBAXSH DASTURIY HUJJAT SIFATIDA E’TIROF ETILMOQDA

 

Prezidentimizning parlamentga hamda xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasining mazmun-mohiyatini tushuntirish unda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o‘zaro fikr almashishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari butun mamlakatimiz bo‘ylab bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan aholi o‘rtasida uchrashuv, ochiq muloqotlar, seminar va davra suhbatlari tashkil etilmoqda.

Davlatimiz rahbari murojaatnomasining mazmun mohiyatini aholi va jamoatchilik vakillariga keng targ‘ib qilish maqsadida tuzilgan targ‘ibot guruhlarida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti professor-o‘qituvchilaridan A.Qo‘ldoshev hamda S.Aliqulovlar faol ishtirok etmoqdalar.

Targ‘ibot guruhlari Samarqand viloyatining tumanlarida mahalla fuqarolar yig‘inlari, ta’lim muassasasi rahbarlari, korxona va tashkilotlar vakillari bilan uchrashib, Davlatimiz rahbari murojaatnomasi mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirishda yaqin o‘n yillikka mo‘ljallangan hayotbaxsh dasturiy hujjat sifatida e’tirof etmoqdalar. 

Uchrashuvlarda asosiy e’tibor belgilab berilgan ta’lim tizimini sifat jihatdan yangi bosqichga olib chiqish yoshlar tarbiyasi, ularni qo‘llab quvvatlash g‘oya va takliflarni rag‘bantirishdek dolzarb vazifalarni mas’ullar va keng jamoatchilik vakillari bilan hamkorlikda olib borish zarurligiga qaratilmoqda.

 

SamDAQI Axborot xizmati