DAVLAT VA JAMIYAT BOSHQARUVIDA AYOLLARNING O‘RNI VA MAVQEINI YANADA MUSTAHKAMLASH-ISLOHOTLARIMIZNING ENG USTUVOR YO‘NALISHLARIDAN BIRIDIR

 

Joriy yilning 27 yanvar kuni institut kichik faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasi asosida “Davlat va jamiyat boshqaruvida ayollarning o‘rni va mavqeini yanada mustahkamlash-islohotlarimizning eng ustuvor yo‘nalishlaridan biridir” mavzusida institut Xotin-qizlari masalalari bo‘yicha Kengash va Gender tenglik masalalari bo‘yicha maslahat Kengashlari tomonidan tashkillashtirilgan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institut Xotin-qizlari masalalari bo‘yicha Kengash raisi M.Boboqulova “Xotin-qizlarning huquqiy manfaatlari davlat himoyasida” mavzusidagi ma’ruzasida quyidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

— Davlatimiz o‘z qonunlari va farmon farmoyishlari orqali ayolga bo‘lgan munosabati, jumladan Mamlakatimizda Keyingi 4 yilda xotin-qizlar, mahalla va oila institutini mustahkamlashning huquqiy asoslarini yaratish bo‘yicha juda muhim ishlar amalga oshirilayotganligi bular jumlasiga 2 ta qonun, Prezidentimizning 2 ta Farmoni, 5 ta qarori, Vazirlar Mahkamasining 6 ta Qarori qabul qilinganligi, Davlat xotin-qizlar va erkaklarga jamiyat hamda davlat ishlarini boshqarishda, saylov jarayonida teng ishtirok etishni, sog‘liqni saqlash, ta’lim, fan, madaniyat, mehnat va ijtimoiy himoya sohalarida, shuningdek davlat va jamiyat hayotining boshqa sohalarida teng huquq hamda imkoniyatlar ta’minlanishini kafolatlashi va ayollarning biznes-loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda joylarda aniqlangan xotin-qizlar muammolarini hal etish uchun byudjetdan qo‘shimcha ravishda 1 trillion so‘mdan ziyod (100 million AQSH dollari) mablag‘ yo‘naltirilganligi hamda oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 baravarga ko‘paytirib, 2 mingga yetkazilishi, a’lo baholarga o‘qiyotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qizlar uchun maxsus stependiyalar joriy etilishi hamda “Yoshlar ta’limi va tarbiyasi masalalari” yuzasidan davlatimiz rahbari SH.Mirziyoevning “Biz oldimizga mamlakatimizda Uchinchi Renessans barpo etishdek ulug‘ maqsadni qo‘ygan ekanmiz, buning uchun yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘beklar, Navoiy va Boburlarni tarbiyalab beradigan muhit va sharoitlarni yaratishimiz kerak! Bunda, avvalo, ta’lim va tarbiyani rivojlantirish, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, ilm-fan va innovatsiyalarni taraqqiy ettirish milliy g‘oyamizning asosiy ustunlari bo‘lib, xizmat qilishi lozim.” degan fikrlarini tadbir ishtirokchilariga slaydlar namoyishlari orqali tushuntirib berdi.

Tadbirda Qurilish fakulteti xotin-qizlar guruhi yetakchisi N.Xodieva “Gender tenglik va xotin qizlarning tazyik va zo‘ravonlikdan himoya qilish masalalari” mavzusida ishtirokchilarga “Himoya orderlari” haqida, institut “Olima” uyushmasi yetakchisi S.Sadikova “Ilm-fan yog‘dusi bo‘ling” mavzusi orqali institut xotin-qizlarini ilmiy-tadqiqotlarda faol bo‘lishga chorladi. Shuningdek, “Xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti B.Axmedova va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi A.Ziyotova davlatning xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tiroflari borasidagi fikrlarini bildirdilar.

Tadbir so‘ngida institutning faol talaba-qizlariga “Faxriy yorliq”lar topshirildi.

 

  

  


SamDAQI Axborot xizmati