DAVLAT BOSHQARUV AKADEMIYASI 4 OYLIK O‘QISHGA TAKLIF ETADI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-4768-sonli qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 4 maydagi 336-sonli qaroriga muvofiq, salohiyatli va tashabbuskor, fidoyi yosh rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish, ayniqsa davlat va jamiyat boshqaruv organlarining quyi tizimlarini zamonaviy yosh menejerlar bilan ta’minlash maqsadida institut ma’muriyati 4 oylik tayyorlash o‘quv kursiga 30 yoshdan oshmagan hamda kamida 2 yil mehnat stajiga ega bo‘lgan nomzodlarni taklif etadi.

Nomzodlarning hujjatlarini O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Yoshlar ishlari agentligining Samarqand shahar bo‘limiga yoki institutning Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga taqdim etishingiz so‘raladi.

Qo‘shimcha ma’lumot: 4 oylik tayyorlash o‘quv kursi jarayonida, ishdan ajralmagan holatda, o‘rtacha oylik ish haqqi beriladi.

Batafsil ma'lumotlar uchun telefon raqam:
+99866 237 30 52

 

SamDAQI Axborot xizmati