DASTURDAN FOYDALANISH 1-DARS


#MicrosoftTeams #dastur

Xabaringiz bor Mirzo Ulug‘bek nomidagi Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutida 2022 yilning 24 yanvar kunidan boshlab bir oy davomida ta’lim onlayn shaklda olib borilishi va unga ko‘ra qo‘shimcha axborotlar berilishi haqida xabar bergan edik.

Ayni paytda SamDAQIda “Microsoft Teams” dasturining litsenziyasi mavjud bo‘lib bir oy davom etadigan onlayn taʼlim ushbu Teams dasturi orqali olib borilishi rejalashtirilmoqda.

Rejaga ko‘ra dasturdan foydalanish uchun Raqamli ta’lim texnologiyasi markazi tomonidan tayyorlangan videoqo‘llanmani e’tiboringizga havola etamiz.

Ushbu videoqo‘llanmada siz vaqtinchalik parolni doimiy parolga qanday almashtirib olish mumkinligi to‘g‘risida axborotga ega bo‘lasiz.

1-videoqo‘llanma

 


SamDAQI Axborot xizmati