A.S.Uralov tomonidan yaratilgan darslik va o‘quv qo‘llanmalarining taqdimoti

2016  yil  15 yanvar  kuni  institut  Axborot  resurs  markazi, institut  Xotin-qizlar   qo‘mitasi  boshlang‘ich  tashkiloti , “Kamolot” YOIH  institut  boshlang‘ich  tashkiloti  hamkorligida  SamDAQI  professori , me’morchilik fanlari doktori  SHarq  mamlakatlari  Xalqaro  Arxitektura  Akademiyasining  muxbir a’zosi,  O‘zbekistonda  xizmat  ko‘rsatgan    yoshlar murabbiysi  Axtam  Sindarovich  Uralov  tomonidan  yaratilgan  darslik  va  o‘quv  qo‘llanmalarining  taqdimoti  bo‘lib  o‘tdi.

Ilm istab  izlanganga  dunyo  bir  qadam,
      Xalqim, elim, degan  mardga  shonu-sharaf  kam,
    O‘zi  mash’al bo‘lgan  qalbda  nurlar mujassam,
  Ilm  mashqin  olgan  inson ,  Axtam  O‘rol bu,
     Mash’al  kabi  yongan  inson ,  Axtam  Urol bu.
(SHogirdi  Abdul  Vali  Samimiydan)