YOSHLAR BILAN ISHLASH, MAʼNAVIYAT VA MAʼRIFAT BOʻLIMI: TAKLIFLAR ASOSIDA TIZIMLI TARGʻIBOT ISHLARI VA CHORA-TADBIRLAR AMALGA OSHIRILISHI BELGILAB OLINDI

1-son talabalar turar joyi faollar zalida Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi tomonidan 2020 yil sarhisobi va yangi 2021 yil uchun rejalashtirilgan ishlar boʻyicha kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi.

Yigʻilishda Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor O.Xaitov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Ch.Xushmurodova, fakultetlar Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosarlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar samaradorligini oshirish, Davlat tili toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini taʼminlash masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi A.Qurbonov, Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi M.Boboqulova, “Talaba” sport klubi raisi oʻrinbosari A.Dehqonov, institut sport targʻibotchisi A.Qidirov, ARM direktori D.Yarmatova, institut psixologi S.Otayorov, Jamoatchilik kengashi raisi H.Xoʻjamov, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi SamDAQI boshlangʻich tashkiloti yetakchisi L.Usmonov, TTJ tarbiyachi-pedagoglari, institut matbuot kotibi J.Sadikov va institut Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzolari ishtirok etishdi.

Yigʻilishni Yoshlar bilan ishlash boʻyicha prorektor O.Xaitov olib bordi. Unda boʻlim tomonidan hamkor tashkilotlar bilan birgalikda olib borilgan ishlar va erishilgan yutuqlarga toʻxtalib oʻtildi. Bundan tashqari, kelgusida boʻlim tomonidan qilinajak ishlar boʻyicha takliflar asosida tizimli targʻibot ishlari va chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilab olindi.

  

  


SamDAQI Axborot xizmati