Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash

   Kafedra mudiri: Uzoqov Sherzod Hamidovich

   Qabul kunlari: Har kuni 13-00 dan 15-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon: (0366)-237-22-12

   E-mail: uzoqov@umail.uz   

 

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

     Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash (eski nomi Chizma geometriya va muhandislik grafikasi) 1966 yilda tashkil etilgan. Dastlab kafedrada V.I.Petuxov (1966-1967)., Gurievich G.P. (1967-1970)., Yumatov F.I. (1970-1974), Uzoqov X. (1974-1980) va (1994-2000), Kamalov A.K. (1980-1985), Alimov R.U. (1985-1994) kafedra mudiri vazifasida ishlab kelganlar. 1990 yildan kafedra ikkiga bo’linib «Amaliy geometriya va muhandislik grafikasi» va «Loyihalarni avtomatlashtirish tizimi» kafedralariga bo’linib, 1994 yilgacha faoliyat ko’rsatib keldi. 1994 yildan 2000 yilgacha yuqoridagi ikkala kafedra qo’shilib, «Amaliy geometriya, mashina grafikasi va loyihalarni avtomatlashtirish tizimi» kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritdi. 2000 yildan boshlab bakalavrlar tayyorlash bo’yicha o’quv rejalarini inobatga olib, kafedraning nomi «Chizma geometriya va muhandislik grafikasi» qilib o’zgartirildi. 2000-2002 yillarda t.f.n., dosent Abduraimov M.,  2002- 2007 yillarda t.f.n., dosent Masaridinov A.M., 2007-2011 yillarda t.f.n. Uzokov X. raxbarlik qildi. 2011 yilda boshlab Uzokov Sh.X. kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

2019 yildan boshlab kafedra «Muhandislik grafikasi va kompyuterda loyihalash» kafedrasi deb o'zgartirildi.

Kafedrada talabalar konstruktorlik uyushmasi tashkil qilingan bo’lib, uyushmaga a’zo talabalar ilmiy natijalari bilan ilmiy anjumanlarda qatnashdilar. Alohida yuqori ko’rsatgichlarga ega talabalarga viloyat, respublika olimpiadalariga qatnashishlari uchun tavsiya beriladi.

Kafedramizda quyidagi fanlar bo’yicha ma’ruza va amaliy mashg’ulotlari olib boriladi:

  1. Chizma geometriya va muhandislik grafikasi;
  2. Chizma geometriya va perspektiva;
  3. Kompyuterda loyihalash;
  4. Kompyuter grafikasi;

Kafedra professor-o'qituvchilari barcha o'qitiladigan fanlar uchun o'quv-uslubiy materiallar yaratdilar.

Kafedra quyidagi mavzular bo'yicha ilmiy izlanishlar olib boradi:

      1. Qobiqli yopilmalar sirtlarini geometrik modellashtirish va ularni optimal loyihalashtirish.

      2. Texnik shakllar sirtlarini geometrik modellashtirish va ularni loyihalashni avtomatlashtirish.

      Ushbu mavzular bo'yicha kafedra professor-o'qituvchilari tomonidan 200 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etilgan. Ilmiy tadqiqotlar natijalari arxitektura va qoplama qobig'ini qurishda hamda muhandislik kommunikatsiya tizimlarining murakkab qismlarini loyihalashda qo'llaniladi.