“Chevening” stipendiyalar dasturiga tanlov boshlangan

Buyuk Britaniyaning Oʻzbekistondagi elchixonasi ma’lumotiga koʻra, Birlashgan Qirollikning nufuzli oliy ta’lim muassasalari magistratura yoʻnalishida tahsil olish imkoniyatini beruvchi “Chevening” stipendiyalar dasturiga tanlov boshlangan. “Chevening” stipendiyalar dasturi Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi tomonidan moliyashtiriladi.

Bunda oʻqish uchun toʻlov, oylik stipendiya, aviachipta xarajatlari, Britaniyaga kelib-ketish, viza xarajatlari hamda Britaniyada tashkil etiladigan “Chevening” tadbirlari uchun xarajatlarni qoplash koʻzda tutilgan. Mazkur dastur Britaniyaning barcha oliy ta’lim muassasalarida, shular qatorida Kembridj, Oksford, London iqtisodiyot maktabida turli ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha magistraturada tahsil olish imkonini beradi. Stipendiya tanlovida ishtirok etish uchun www.chevening.org/apply veb-sayti orqali ariza topshirish zarur. 

Onlayn ariza topshirish muddati: 2021 yil 3 avgustdan 2-noyabrga qadar. 

Stipendiyada qatnashish uchun nomzodlardan quyidagilar talab etiladi:
- Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi boʻlishi;
- O‘qish tugaganidan soʻng kamida 2-yildan keyin Oʻzbekistonga qaytish;
- bakalavr diplomi mavjudligi;
- 2-yildan kam boʻlmagan ish stajiga ega boʻlishi;


SamDAQI Axborot xizmati