Chet tillar

  Kafedra mudiri: KENJAYEV MIRZOXID ERGASHEVICH

   Qabul kunlari: Har kuni 15-00 dan 17-00 gacha (dushanba va shanbadan tashqari)   

   Telefon:  + 998 (93) 356-34-37

     E-mail: chettillar626@gmail.com

 

 

 

 

 

KAFEDRA TARIXI

Samarqand davlat arxitektura – qurilish instituti “Chet tillar” kafedrasi 1966 yildan boshlab faoliyat ko‘rsatmoqda.

Kafedra institut Tillar kafedrasi tasarrufidan 1969-yilda ajralib, “Rus va chet tillari” nomi bilan ish boshladi. Keyinchalik “O‘zbek va rus tillari” qo‘shilib “Tillar” kafedrasi deb nomlandi. 2011-2015 yillar kafedra “Tillarni o‘rganish”, 2015-2018 “Chet tillar”, 2018-2020 yillar “Oʻzbek va xorijiy tillar” deb nomlangan.

2020 yilning noyabr oyidan boshlab ushbu kafedra institutning Qurilishni boshqarish fakulteti tarkibida “Xorijiy tillar” kafedrasi nomi bilan faoliyat olib bormoqda. Kafedrada:

1969-1972 yillarda

     1. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent –M.A.Pekler;

     2. Katta o‘qituvchi  – A.B.Kostyushkin;

     3. Katta o‘qituvchi – V.L.Semchenko;

     4. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent – D.R. Ortiqov;

1972-1996 yillarda

     5. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent – X.Saitqulov;

1996-1998 yillarda

     6. Pedagogika fanlari doktori, professor – N.S. Safarov;

1998-2005 yillarda

      7. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent – S.X.Obloqulova;

2005-2013 yillarda

      8. Filologiya fanlari nomzodi, dotsent – B.M.Axmedova;

2013-2015 yillarda

      9. O‘qituvchi – D.E. Mansurovalar kafedra mudiri lavozimida faoliyat yuritgan.

2016 yilning yanvar oyidan boshlab hozirgacha Kenjayev Mirzoxid Ergashevich kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.

Xorijiy tillar kafedrasi professor – o‘qituvchilari ingliz, nemis va fransuz tillaridan amaliy mashg‘ulot olib boradilar.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar filologiya fanlari nomzodi, dotsent, 11 nafar katta o‘qituvchi, 9 nafar o‘qituvchi va 7 nafar stajyor – o‘qituvchi jami – 29 nafar professor – o‘qituvchi hamda 2 nafar o‘quv yordamchi xodimlar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Xorijiy tillar kafedrasi professor – o‘qituvchilarinig o‘rtacha yoshi 45 yosh bo‘lib, ilmiy salohiyat 6 % ni tashkil etadi.

Mustaqillik yillarida kafedra a’zolaridan Usmon Sanaqulov doktorlik dissertatsiyasini, Buvsara Majidovna Axmedova va Shoxista Jalolovna Mamatqulovalar nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar.

O‘tgan davr ichida o‘quv jarayonini yaxshilash, professor-o‘qituvchilar tarkibini yangilash, ularni yosh va iqtidorli olimlar bilan to‘ldirish choralarini ko‘rish, ta’lim sifatini oshirish va talabalarni bilim darajasini yanada yaxshilash to‘g‘risidagi ko‘rsatmalarni bajarilishini ta’minlash ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012 yil 10 dekabrdagi PQ-1875-sonli “Chet tillarni o‘rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori va Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 1 dekabrdagi “Ta’lim muassasalari va Internet tarmog‘idan foydalanishning tayanch ko‘nikmalariga ega bo‘lishlarini ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar” Dasturi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 1 dekabrdagi 479-sonli va 11 dekabrdagi 488-sonli buyruqlari ijrosini ta’minlash yuzasidan institut professor-o‘qituvchilarining zamonaviy pedagogik va axborot – kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish hamda kasbiy faoliyatida chet tillarni qo‘llash uchun amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash yuzasidan “Axborot texnologiyalari” va “Xorijiy til” fanlaridan joriy qilingan o‘quv kurslarida kafedra professor-o‘qituvchilari muntazam mashg‘ulotlarda qatnashib, ingliz tilini qo‘shimcha o‘rganish va o‘rgatishga harakat qilmoqdalar.

Kafedrada o‘qish sifatini yanada oshirish uchun yangi o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish ishlari ham yuqori sur’atlarda olib borilmoqda. Jumladan, so‘nggi 10 yil maboynida 20 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, monografiyalar, lug‘atlar, so‘zlashgichlar va 300 dan ortiq ilmiy maqolalar chop etilgan bo‘lib, institutda va turdosh oliy ta’lim muassasalari qo‘llanma sifatida keng foydalanib kelinmoqda. Shulardan 4 ta oʻquv qoʻllanma, 1 ta darslik, 2 ta monografiya, OAK roʻyhatidagi jurnallarda 26 ta ilmiy maqola va xalqoro SCOPUS ba’zasiga kiritilgan jurnallardagi 5 ta ilmiy maqolalar soʻnggi ikki yil ichida bajarilgan.

Shuningdek, kafedralarda kunning ikkinchi yarmida bajariladigan ilmiy tadqiqot ishlari institut ilmiy kengashi tomonidan tasdiqlangan mavzular asosida muntazam olib borilmoqda.

Hozirgi kunda katta oʻqituvchi R.T.Eshmamatov, o’qituvchilar M.A.Fozilova hamda O.M.Xamrayevlar mustaqil – tadqiqotchi – izlanuvchi sifatida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.

Kafedrada faoliyat olib borayotgan professor – o‘qituvchilar va o‘quv yordamchi xodimlar haqida qisqacha

MA’LUMOT

T/r

F.I.SH

Lavozimi

Ish joyiga munosabati

1

Kenjayev Mirzoxid Ergashevich

Kafedra mudiri

Asosiy

2

Axmedova Buvsara Majidovna

Dotsent

Asosiy

3

Mamatqulova Shoxista Jalolovna

Dotsent

Asosiy

4

Axrorqulova Miyassar

Katta o‘qituvchi

Asosiy

5

Mardanova Feruza Subxanovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

6

Sultanova Muxabbat Shamsievna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

7

Qultayeva Feruza Ergashovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

8

Ibragimova Dildora Shamsiddinovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

9

Zayniyeva Nasiba Baxtiyarovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

10

Temirov Aktyam Madatovich

Katta o‘qituvchi

Asosiy

11

Eshmamatov Rustam Toshtemirovich

Katta o‘qituvchi

Asosiy

12

Bo‘riyeva Sora Saloxiddinovna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

13

Otamurodova Feruza Ergashevna

Katta o‘qituvchi

Asosiy

14

Sayfullayeva Umida Ulmaskulovna

O‘qituvchi

Asosiy

15

Mamaraimov Davron Madaminovich

O‘qituvchi

Asosiy

16

Absamatova Gulxayo Baxodirovna

O‘qituvchi

Asosiy

17

Kuchibayev Mansur Abdumuratovich

O‘qituvchi

Asosiy

18

Raximova Mehribon Ibragimovna

O‘qituvchi

Asosiy

19

Ahadova Go‘zal Ismatullaevna

O‘qituvchi

Asosiy

20

Gaffarov Aktam Akramovich

O‘qituvchi

Asosiy

21

Axmedova Madina Mirzakarimovna

O‘qituvchi

Asosiy

22

Bozorova Madina Maxmudovna

O‘qituvchi

Asosiy

23

Mavlyanova Nilufar Suvankulovna

Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

24

Boboyorov Sirojiddin Olimjonovich

Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

25

Ruzikulov Elyor Shukurovich

Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

26

Xayitboyev Muslim Xamidullaevich

Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

27

Karoyeva Xilola Muinovna

Stajyor-o‘qituvchi

Asosiy

28

Ilyasov Farrux Inoyatulla o‘g‘li

Stajyor-o‘qituvchi

Ichki o‘rindosh

29

Xamrayev Ozod Melievich

Stajyor-o‘qituvchi

Tashqi o‘rindosh

30

Xodjamova Sabina Raxmonberdievna

Kabinet mudiri, 0,5 st

Asosiy

31

Vaxobova Guldasta Nurimovna

Kabinet mudiri, 0,5 st

Asosiy

 

Kafedra manzili: SamDAQI, 2 bino, 1 qavat, 908 xona