Bugungi kunda yoshlarimizga qo’yiladigan zamonaviy talablar

Bugungi kunda yoshlarimizga qo’yiladigan zamonaviy talablar” mavzusidagi seminar uchrashuvi.

2016 yil 21 yanvar kuni Kattaqo’rg’on transport kasb-hunar kollejida Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi va Kattaqo’rg’on transport kasb-hunar kolleji ma’muriyati bilan hamkorlikda “Bugungi kunda yoshlarimizga qo’yiladigan zamonaviy talablar” mavzusida seminar uyushtirildi. Bo’lib o’tgan seminarda institutdan quyidagi professor-o’qituvchilari  AL va KHKlari bilan ishlash bo’limi boshlig’i Sh.Mamarasulov, “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti R.Latipov, “Axborot texnologiyalari” kafedrasi katta o’qituvchisi  A,Karimovlar  o’z  ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.
Seminar savol-javob va muzokaralarga boy tarzda o’tdi. Seminarga jami 254-nafar kishi ishtirok etishdi. 
Seminardan so’ng Kattaqo’rg’on transport kasb-hunar kolleji o’qituvchilariga institut o’qituvchilari R.Latipov va A,Karimovlar tomonidan “Ochiq darslar” o’tkazilindi.